Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

“Innovatsion” terminiga yaqin bo‘lgan tushunchalar “o‘zga-
rish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisobla-
nadi. Ammo ular o‘rtasida ma’lum fikrlar ham mavjud. Yangilik- 
pedagogik tekshirishlarni baholash asosiy o‘lchovlaridan biri 
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday 
yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir. “Yangi” 
tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan 
biri hisoblanadi. Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” - ta’rifi 
ilgari umuman ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqida tasavvur 
bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” - 
ta’riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi
nimadir, ilgari bo‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa 
yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin. 
1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga 
teng, ya’ni yana o‘rnatilgan yangi haqiqat demakdir. 
2. Avvalgi mavjud bo‘lgan nazariyani yanada takomillashtirib, 
zamonaga moslashtirishdan iborat. 
4.Ta’limda muammoli va axborot texnologiyalardan
foydalanish 
Muammoli ta’lim bu  o‘quvchiga beriladigan bilimning qaysi 
qismini, qanday yo‘l bilan berish muammosini samarali hal qilishga 
qaratilgan o‘qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta’lim darsda bir 


184 
vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi 
harakati bo‘lib, u o‘quvchi shaxsidagi muhim belgi ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri aytganidek, darsda o‘rganila-
digan mazmunning murakkab qismini o‘zlashtirishda o‘qituvchi-
ning faoliyati qanday bo‘lsa, o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga 
yetkazish muammoli ta’limning asosiy maqsadidir.
Muammoli ta’lim o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga
o‘zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada 
rivojlantirishga ta’sir etishidir. Muammoli ta’lim o‘qituvchidan 
aniq harakat qilishni, darsning har bir minutini hisobga olishni, 
ushbu vaqtda kerakli samara hosil bo‘lishi uchun o‘zining barcha 
imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu 
masalani hal etishning muhim sharti o‘qituvchining bo‘lajak o‘quv 
mashg‘ulotiga tayyorgarligidir. 
Tayyorgarlik jarayonida muammoli ta’limning barcha ko‘ri-
nishlarini hisobga olish va uning uslubini ishlab chiqish zarur. 
Muammoli ta’limga tayyorgarlik ko‘rishda o‘qituvchilar qator qi-
yinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklarni yengishda o‘qi-
tuvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining ahamiyati katta.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling