Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Innovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
3.Innovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish 
Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim 
zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish, jamiyatda 


179 
innovatsion jarayonlar dinamikasi o‘sib borayotganini tushunish 
natijasi bo‘ldi. 
Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko‘p 
vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib kelindi. 
Ammo vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma 
sohalarida innovatsion o‘zgarishlar sifat xarakteristikalarini baho-
lash muammosi yuzaga keladi, ammo bu o‘zgarishlarni faqatgina 
iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bo‘lmaydi. Innovatsion jarayon-
larni o‘rganish uchun boshqa yo‘llar zarur, unda innovatsion tahlil 
faqatgina. Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan 
foydalanishnigina o‘z ichiga olmay, balki boshqarish, ta’lim, huquq 
va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik 
muammolarini yechilishini izlash ta’lim sohasida innovatsion 
jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifi-
katsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bogliq. 
“Innovatsiya” tushunchasi birinchi marta XIX asrda madani-
yatshunoslar o‘rganishlarida paydo bo‘ldi va bir madaniyat 
elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu 
ma’nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan. XX asr 
boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklarni kiritish, qo‘llash yuzaga 
keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni 
kiritish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish 
haqidagi fan - innovatika -firmalarning yangi reja, xizmatlarni 
ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari keskin oshib 
borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi. 
30 yillarda AQShda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion 
jarayon” atamalari paydo bo‘ldi. 60-70 yillarda g‘arbda firmalar va 
boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklarni empirik 
tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy 
tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ularning har birida o‘z nazariy - 
metodologik madaniyati ustun turadi. 
Firma yangiliklarni kiritish tashabbuskori va yaratuvchisi 
sifatida bo‘lib, uning yangiliklarni kiritishga “sezuvchanligini”, 
“ta’sirchanligini” va bu ta’sirchanlik bogliqligi boshqarishning 
tuzilishi va uslublari bilan bog‘liqdir. Tekshirishlar dasturi sifatida 
“qaror qabul qilish jarayoni” konsepsiyasi hisoblanib, bunda 


180 
alternativalarni tanlash va analiz qilish qabul qilingan qarorlarni 
ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi. 
Marketing yoki firmaning bozorga yangilik kiritishga, 
tavakkalchilik omillari, kiritilayotgan yangiliklar muvaffaqiyatini 
oldindan bilish metodlari, alohida bosqichlar samaradorligi 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari va yangilik kiritish umumiyligiga: ustun 
turuvchi tekshirishlar paradigmasi bo‘lib, ochiq tizim va o‘yin sifat 
yondashuvi nazariyasi hisoblanadi, unda firmalar bozor bilan o‘z 
muhitlari sifatida o‘zaro munosabatda bo‘lib va u yerda innovatsion 
jarayonning yakunlovchi bosqich ko‘pgina subyektlar o‘zaro 
bog‘liqligi natijasi bo‘lib qoladi, bu subyetklarning har biri o‘z 
manfaatiga qarab ish olib boradi va o‘z sheriklari harakatlarini 
ehtimolini hisobga oladi. 
Bu ikki sohada yangiliklarni kiritishni amaliy tekshirishlar bir 
qator fanlar nazariy yangiliklaridan foydalanadilar. Ular turmush va 
mehnat texnik vositalari rivojlanishi qonuniyatlariga murojaat etib
o‘rganilayotgan texnika tarixi, texnik va ijtimoiy o‘zgarishlar 
o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadilar: yangiliklarni kiritishni boshqarish 
amaliyotiga yangi g‘oyalarni rag‘batlantiruvchi omillar va uslublar 
haqidagi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar xulosalarini, innovatsion 
yangilik kirituvchilar va boshqa ishtirokchilar xislatlari haqidagi 
mulohazalarini faol tatbiq etadilar. 
Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar. 
Birinchi bosqich yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki 
to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish va turli xil yangiliklar 
ko‘pgina empirik ma’lumotlarni analiz qilish bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich yangilik kiritish jarayonining o‘zini, ularni bir 
soha muhitida ikkinchi sohaga olib o‘tish mexanizmini hisobga 
olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar. 
Uchinchi bosqichda tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion 
vaziyatlarni analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini 
ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar 
yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat 
davlat faoliyati bo‘lib qoladi. 


181 
Pedagogik innovatsion jarayonlarni G‘arbda 50 yillar oxirla-
ridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan 
boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar. 
Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion 
xizmat, nashriyot, jurnallar innovatsion maqolalar ko‘rinishida 
bo‘lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta’limni rivojlantirish Osiyo 
pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, dunyodagi turli 
mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim 
masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik 
jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar tarqatadi. 
Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojla-
nishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojla-
nishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari 
o‘rtasidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq. 
Yangiliklarni qo‘llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi 
bilimlarga bo‘lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”, 
“innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling