Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filialli


Download 36.64 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi36.64 Kb.
#102989
Bog'liq
H.Mominova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

OLMALIQ FILIALLI

Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi

Sotsilogiya” fanidan

Bajardi: 39-16 b guruh talabasi

H.Mo’minova

Qabul qildi: M.Nazarova

2020 yil

Sotsiologiya va xuquqshunoslik sotsial tarqqiyot shakillari.



Reja:

  1. Sotsial taraqqiyot tushunchasi va uning turlari.

  2. Modernizatsiya tushunchasi va uning turlicha talqinlari.Sotsial menejment.

  3. Boshqaruvning sotsial tabiati.

Xulosa.

Foydanilgan adabiyotlar.


Sotsial taraqqiyot tushunchasi va uning turlari.

Sotsiologiya fanida jam iyatning o ‘zgarish (sotsiai jarayon, sotsiail dinam ika, sotsiai o ‘zgarish, sotsiai taraqqiyot va boshq.) mexanizmlarini tahlil etish va tavsiflash uchun maxsus ibora yaratilgan. Sotsial jarayon (lot. processus — olg‘a siljish) — bu sotsiai hodisalar va sotsiai tizimlarning rivojlanish bosqichlari, holatlarining izchillik bilan almashib turishidir. Shuningdek, sotsial jarayon qandaydir natijaga erishish uchun izchii xatta-harakatlarning yig‘indisini ham anglatadi. M asalan, o ‘quv jarayoni o ‘quv m ashg‘ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan alm ashib turishini ifodalaydi: m a’ruza — mustaqil ish — amaliy m ashg‘ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta ’Iim olayotganlaming u yoki bu darajadagi o‘zlashtirishi hisoblanadi. Sotsiai jarayonning strukturasi o ‘z ichiga quyidagi unsurlarni oladi:

1) sotsiai harakat subyekti(shaxs, sotsiai guruh, sotsiai tashkilot);

2) sotsiai harakat obyekti(sotsiai harakat yo‘nalgan sotsiai hodisa);

3) sotsiai harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar(sotsiai jarayon

nafaqat subyektning obyektga ta ’siri, balki sotsiai m uhitning xususiyatlari

bilan tavsiflanadi);

4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsiai harakati;

5) sotsiai harakat natijasi(subyektning sotsiai obyektga ta ’siri natijasida

unda paydo bodadigan o'zgarishlar);

Sotsiai jarayonlar turli-tum andir. Sotsiai jarayonlarning turli asoslari bo'yicha uning ko'plab tasniflashlar shakllandi:

1) namoyon bo'lish sohalaribo'yicha — iqtisodiy, siyosiy, ekologik

va hokazo;

2) paydo bo ‘lish mexanizmlaribo'yicha — o 'z-o 'zid an tabiiy ravishda,

ongli ravishda, tabiiy-tarixiy;

3) boshqaruvchanlik darajasib o 'y ich a — boshqariladigan, b o 'sh boshqariladigan, boshqarib bo'lm aydigan;

4) sotsiai ta ’sir obyektining funksiyalaribo'yicha — funksional va disfunksional (funksionalligi buzilgan);

5) sotsiai obyekt sifatiy holatining yo ‘nalganligibo'yicha — progressiv (o'sib boruvchi), regressiv (orqaga ketuvchi), neytral (betaraf, o'rtada turuvchi);

6) obyektning sifatiy o'zgarishining intensivligi(kuchayishi va tezlashishi) bo'yicha — evolyutsiyaviy (tadrijiy) va revolyutsiyaviy (inqilobiy). Sotsiai o‘zgarishlar— bu qandaydir sotsiai obyektning oldingi va hozirgi holati o'rtasidagi sezilarli farqlanishlar hosil qiluvchi sotsiai jarayon­lar natijasidir. Sotsiologiya tarixida sotsiai o'zgarishlarning umumiy sabablarini aniqlashga doir ko'plab urinishlar yuz bo'lgan. Tarixiy rivojlanish texnologik rivojlanish, sotsiai ixtiloflar, integratsiyalar, m oslashuvlar, g'oyalar va ilohiy kuchlar ta ’siri kabilar bilan bog'liq holda yuz beradi.

Nazariyalaming har birida sotsiai o'zgarishlarning qandaydir omili e’tiborga olinganligi uchun ham bu sohada natijalarga erishish qiyin kechdi. Chunki, sotsiai o'zgarishlarni tizim li yondashuv vositasida tadqiq etish uchun aniqlangan barcha ilmiy natijalar yig'indisi va m uayyan tegishli davrning lahzalari ichidan eng asosiylarini ajratib olish asosida o'rganish zarur edi.

Zero , har qanday sotsiai o 'zg arish lar an iq tarixiy kenglik-vaqtning uzluksizligi asosida sodir bo'ladi.

Sotsiai o'zgarishlar manbalari.Jamiyatning o'zgarish «mexanizmlarini» ochib berishda ularning tarix bilan yonm a-yon qanday harakat qilishini o'rganish lozim. O 'zgarishlarning sotsiai omillari sifatida tabiiy muhit, aholining o'sishi, resurslar va qadriyatlarnii taqsim lashda paydo bo'ladigan ixtiloflar kabilar nam oyon bo'ladi. Masalan, O.Kont jamiyatrivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir, degan fikrni bildirgan edi. G.Spenser evolyutsiyaning m ohiyatini jam iyatning m urakkablashuvida, uning ichki taqsimlanishida (tabaqalanishida) deb bildi. E. Dyurkgeymbu o'zgarishlarni individlarning o 'z a ro o'xshashligi va rivojlanm aganligiga asoslangan mexanik birdam likdan sotsiai tabaqalashish va m ehnat taqsim oti asosida organik birdamlikka o ‘tishidir, degan fikrni bildirgan edi. Boshqa taniqli olimlar jamiyatni rivojlantiruvchi kuch sifatida boshqa sotsiai hodisalarning o‘rniga katta e’tibor berdi: avlodlar (X. Ortega-va-Gasset) , ijodkor elitalar ( G.Moskava V.Pareto),m ashhur shaxslar (rus sotsiologiyasining subyektiv maktabi) va hokazo. Marksizm vakillari jamiyatni rivojlantiruchi kuchlar sifatida oqibati antagonizmga olib keladigan sinfiy kurashlardir, deb e’tirof etdi. Har bir tarixiy davrda odam larni doimiy ravishda qanoatlantirib turishi lozim bo’lgan moddiy va m a’naviy ehtiyojlar mavjud bo’ladi. Bu ehtiyojlar va m anfaatlar doim iy ravishda o ’zgarib boradi (aholi o’sib boradi, ehtiyojlar oshib boradi). Jamiyatda ehtiyojlarning oshib borish qonuniyati amal qiladi: odam birlamchi, hayotiy ehtiyojlarini qondirib b o ’lganidan keyin bilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga o ’tadi. Bu jarayonda inson hayotining og’irlik markazi m a ’naviy sohaga ko’chib o’tadi (jonzotlar iste’mol qilish uchun yashaydi, inson esa yashash uchun iste’mol qiladi). Hozirgi davrda doim iy ravishda o ’sib borishga moyil ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o’tib borgan holda yanada ko’proq mehnat qilishga to’g’ri keladi (masalan, qishloq xo’jaligiga oldin mashinalar kirib keldi, keyinroqesa ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlandi). Industrialdan keyingi jam iyatda odam larning asosiy hayotiy faoliyat sohasi axborot sohasida namoyon bo’la boshlaydi, axborot va fan rivojlanishning asosiy manbaiga aylanadi.

Sotsiai dinamika— bu jam iyat va uning sotsiai strukturasining yangilanishlarga olib keladigan rivojlanishi, uning o ’zgarish va amal qilish jarayonlarining yig’indisidir. Sotsiai dinamikaning bir necha turlari mavjud — chiziqli(evolyutsiyaviy), siklli, spiralsimon.

1) Sotsiai o'zgarishlarning chiziqli turi.Evolyutsiya (lot. evolutio — kengayish, avj olish) — tirik va jonsiz tabiatda, shuningdek sotsiai tizim larda kechadigan o ’zgarishlar jarayonlaridir; keng m a’noda — u rivojlanishning sinonim i hisoblanadi. Evolyutsiya murakkablashuvga, tahaqalashuvga, tizim ni uyushtirish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tor ma’noda evolyutsiya o’z ichiga faqat bosqichma-bosqich o’zgarishlarni oladi (bu holatda evolyutsiya tushunchasi revolyutsiya (inqilob) tushunchasiga qarama-qarshi qo’yiladi). Jamiyatni tahlil etishda evolyutsiyaviy yondashuv hozirgi davrgacha qo’llanilmoqda. T.Parsons «evolyutsiyaviy o ’zgarishlar» nazariyasini ishlab chiqib, unda'evolyutsiyaga nisbatan jam iyatning strukturaviy-funksional differensiyaatsiyasi (tabaqalanishuvi) sifatida qarad i. Jamiyatning tabaqalanishi uning evolyutsiyasining m uhim m ezoni hisoblandi. M ashhur sotsiolog R. Bellning fikricha, «evolyutsiyaniorganizm, sotsiai tizim yoki har qanday boshqa tuzilm alarning o‘z ajdodlariga nisbatan ko‘proq avtonom bodish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta ’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuy sari o‘sish jarayoni, deb tushunmoq lozim».

2) Sotsiai jarayonlaming siklli turi. Agar evolyutsiyaviy nazariyalar tarixni bosqichli darajalardan iborat, muayyan yo‘nalishni ifodalaydigan jarayon sifatida tavsiflasa, siklli jarayon nazariyotchilari alohida sivilizatsiyalar muqarrar ravishda tanazzulga uchraydi, degan qarashlarga asoslandi. U lar jamiyatni muayyan tartib bo‘yicha chiziqli tarixiy ko‘rsatkichlar doirasiga joylashtirishga urinmaydi. Ular uning o ‘rniga jam iyatning turli bosqichlaridagi o‘sishlar va inqirozlarni jamiyat bilan taqqoslab, ular ichidan o‘xshashlikni topishga harakat qildi. Agar evolyutsiyaviy o ‘zgarishlar nazariyotchilari vakillari insoniyatga nisbatan uning uzluksiz rivojlanib borishi xususiyatidan kelib chiqib unga umid va ishonch bilan qarasa, siklizm tarafdorlari har qanday sivilizatsiya tanazzulga yuz tutadi, degan qarashlardan kelib chiqib bu jarayonga umidsizlik bilan qaradi. Nemis olimi O.Shpengler(1880-1936) o'zining «Yevropaning tanazzuli» (1923) asarida m adaniyatning xuddi odam hayotida ro‘y berganidek, rivojlanish va tanazzul bosqichlaridan (paydo bodish, yetuklikka erishish, tanazzulga uchrash va halokat) o‘tishini isbotlashga urindi. U har biri ming yilga yaqin yashagan sakkiz turdagi m adaniyatni o‘rganib, g'arb madaniyatining yaratilganligiga deyarli 900 yil bodganligini, shuning uchun ham uning tanazzulga uchrashiga yaqin qolganligini bashorat qilishga harakat qildi. Ingliz tarixchisi A.Toynbi(1889-1975) o'zaro almashib turish asosidagi sivilizatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlarini asoslash va uning prinsiplarini shakllantirishga urindi. U ning fikricha, sivilizatsiya qandaydir «da’vatlar yoki chaqiriqlar»ga javob berish oqibati sifatida vujudga keladi. Ana shunday da’vatlar jumlasiga tabiat kuchlari (og’ir iqlim) yoki insoniy omillar (urushqoq qo‘shnilar) kiradi. Sivilizatsiya o‘ziga qarshi turuvchi om illarning unchalik keskin bodm agan, ijodiy ozchilik (ziyoli elita) salbiy omillarning kuchiga yarasha kuch bilan qarshilik qilish qobiliyatiga ega bodsagina rivojlana oladi yoki ravnaq topishga erishadi.

3) Sotsiai о ‘zgarishlarniug spiralsimon turi.Spiralsimon model jamiyatda ro'y berayotgan ham evolyutsiyaviy, ham inqilobiy o'zgarishlarni hisobga oladi. Bu kabi o'zgarishlar marksizm asoschilari tomonidan ishlab chiqildi. Unga binoan, jamiyat rivojlanishining o'ziga xos pog'onalari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar izchillik bilan o'zaro almashib boradi. Bunda jamiyatni o'zgartirishda evolyusiviy va inqilobiy omillarning birgalikda ta ’sir qilishi e ’tiro f etilsada, inqiloblarga katta ustuvorlik berildi. Jam iyatni o'zgartirishning asosiy shakli sifatida moddiy ishlab chiqarish, sotsiai inqilob kabi am aliyotlar tan olinadi.



Modernizatsiya tushunchasi va uning turlicha talqinlari.

XX asrning 50-yillarida siyosiy va sotsiai m odem izatsiya konsepsiyalari shakllandi. Bu konsepsiyalar M.Veber, F.Tennis va T. Parsonskabi taniqli olimlar tom onidan ishlab chiqildi. U lar jahondagi turli m am lakatlar siyosiy va sotsiai tizimlarini tahlil qilib, ularning bir guruhini dixotom ik tarzda ijtimoiy safarbarlik uchun g ‘ov bodgan va shaxsning muteligiga doir munosabatlarni saqlaydigan « a n ’anaviy»,ikkinchi guruhning esa guruhiy safarbarlik yodidagi to'siqlarni buzishga va shaxsiy qaram lik m unosabatlarini bartaraf etishga qobil bodgan institutlarning funksional differensiatsiyasi va ratsional tarzda tashkil etishga asoslangan «zamonaviy»turlarga bodinishini asoslab berdi va ularning m etodologik prinsiplarini tadqiq etdi. Shu tariqa, «rivojlanish»tushunchasi faqat to r m a’nodagi a n ’anaviy tuzilm alardan zamonaviy tizim ga m odernistik tarzda obishni nazarda tuta boshladi. Deyarli b archa rivojlangan m am lakatlar XVII asrning oxiridan to XX asrning boshlarigacha bodgan m uddat ichida m oderhizatsiyalash davrini o ‘z boshidan kechirgan edi. Siyosiy rivojlanish nazariyasining yirik bilim doni S.Ayzenshtadtmodernizatsiyaga quyidagicha ta ’rif beradi: u «XVII asrdan X IX asrgacha G ‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada rivojlangan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizim lardagi o ‘zgarishlar jarayoni bodib, keyinchalik u boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqaldi, obi to ‘qqizinchidan to yigirm anchi yuz yillikgacha Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika q it’alariga kirib keldi»352. Boshqacha aytganda, bu konsepsiya mualliflari chiziqli evolyutsiya andozasini yaratdi. Unga muvofiq, har bir m am lakat taxm inan rivojlanishning bir xil bosqichlaridan obishi lozim edi.

Sotsiologiya fani bilan bogdiq bodgan «Modernizatsiya»tushunchasi quyidagicha ifodalandi: Modernizatsiya«nisbatan oddiy jam iyatdan ko‘proq murakkab bodgan jam iyat sari chiziqli-bosqichli taraqqiyot evolyutsiyasi». Bu tushuncha Modernizatsiyaviy jarayonlarni klassik tarzda ifodalash bilan uzviy ravishda bogdiqdir. Bu kabi ta ’rillarga oz yoki ko‘p darajada Angliyada G.Spenser, J .Mak -Lennan , J.Lebok, E .Taylor, J.Frezer, Germaniyada A.Bastian, T. Vays, Yu. Lippert,Fransiyada Sh.Leturno, AQShda L.G.Morgankabi yirik olimlar qo‘shilgan edi.

Keyingi davrlarga kelib g ‘arbda «zamonaviy jamiyatga» obishning qator kbnsepsiyalari ishlab chiqilib, ular nazariyalar sifatida quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat b o ’ldi: 1) «Modernizatsiya»; 2) «rivojlanish»; 3) «orqada qolgan, qoloq» (yoki «subrivojlanish») va 4) «qaramlik». «M odemizatsiya»tushunchasi u ch ta asosiy ma’nolarda ishlatila boshlandi: birinchidan, um um iy m azm unda, taraqqiyot o ’zgarishlarining yo’nalishi sifatida; ikkinchidan, g ‘arbda XVII asrdan to XIX asrgacha davom etgan sotsiai transformatsiya m odeli sifatida (S. Ayzenshtadt); uchinchidan, tor ma’noda, orqada qolgan, zamonaviy jam iyatga o’tayotgan mam lakatlar evolyutsiyasi yo‘li sifatida.

1960-yilda mashhur olim U. Rostouo ’zining «Iqtisodiy o’sish bosqichlari: nokommunistik Manifest» asarida rivojlanishning beshta asosiy bosqichini bir-biridan ajratib ko’rsatdi: 1) prim itiv texnologiya, dehqonchilik va oilaviy-urug’chilik aloqalari ustunlik qiladigan an ’anaviy jam iyat; 2) orqada qolgan mam lakatning markazdagi ilg’or mamlakat rivojlanishiga qarshi ta ’siri sifatida paydo b o ’lgan o ‘tish davridagi jamiyat',3) industrlashtirish, urbanizatsiya va jam g ’arilish bilan bog’liq bo’lgan ravnaqqa erishish;4) vetuk, ko’p tarm oqli va texnologik tuzilm alarga ega bo’lgan iqtisodiyot sari harakat; 5) iqtisodiy tuzilma, xizmat ko’rsatish va uzoq muddat foydalaniladigan iste’m ol mollari ishlab chiqaradigan sohalar yo’nalishlariga o ’tib boradigan ommaviy iste’mol jamiyati.Keyinchalik bu qatorga oltinchi — ijtimoiy hayotda «sifat izlash»rivojlanish bosqichi ham kiritildi. U .Rostou fikricha, oliy bosqich Shimoliy Amerikada qo’lga kiritildi, G’arbiy Yevropa mamlakatlari esa beshinchi bosqichda turibdi, qolgan barcha mamlakatlar — istiqbolga yaqin yoki undan uzoq bo’lgan mamlakatlardir. Shu tariqa, bu kabi qarashlar doirasida «vestemizatsiya» jarayoni ifodalana boshladi. U. Rostou fikricha, siyosiy modernizatsiya «pastdan» va «tashqaridan» qo’llab-quwatlashlarga erishgan taraqqiyparvar elita tomonidan hokimiyatning eski an ’anaviy institutlarini zamonaviylariga almashtiradigan jarayondir. Taniqli olim D. Apterm odernizatsiyani talqin etishda quyidagi andozani keltiradi: siyosiy tizim ning ikkita asosiy turi mavjud: «an’anaviyjamoaviy» (yoki safarbarlikka shaylik) va «sekulyar-libertarian» (yoki «plyuralistik») modellar. Birinchi m odel yetakchilikni timsollashtirish bilan bog’liq bo’lib, unda ba’zan xarizm atik yetakchiga diniy e’tiqoddek qaraladi va ommaviy partiyaning gegemonligi. hukm suradi (sobiq ittifoqdagi partiya yetakchilari, Ganadagi Nkvame Nkrumo va hokazo).

Birinchi model ikkinchisiga qarama-qarshi qo’yiladi: ikkinchi — siyosiy plyuralizm modelida hokim iyat diversifikatsiyasi hukm suradi, ko’plab kelishuvlar tuziladi va murosasozlikka intilishlar avj oladi (AQSh). Shu tariqa, Apterga binoan, m odem izatsiya eski tuzumda umuman mavjud bo’lm agan tuzilmaviy, differensiyalashgan institutlar va mexanizmlar, ularning amal qilishi (plyuralistik partiyaviy va q onun chiqaruvchi tizim) ishlay boshlagan, an’anaviy, safarbarlikka moyil avtokratik tizimlarning demokratik, «kelishuvchan» («reconciliation») modelga o’tish davri bilan bog’liq bodgan xususiy hodisadir.

Modem izatsiya — inson tafakkurlashi va faoliyatining barcha sohalari bilan cham barchas bogdiq bodgan k o ‘p qirrali jarayondir. Yirik olim Deniel Lernerningfikricha, m odem izatsiya «birm uncha sifatli, o ’ziga xos xususiyatlarga ega bodgan, insonlarga zamonaviylikni yaxlit bir butunlik sifatida his etishini baxsh etishi barobarida hayotni qonunlar vositasida uyushtiradigan jarayondir». Modernizatsiyaning asosiy jihatlari «urbanizatsiya, industrlashtirish, sekulyarlashtirish, dem okratlashtirish, ta’lim, om maviy axborot vositalarining roliga tasodifiy tarzda amal qilmaydigan va bir-biri bilan aloqalarsiz ravishda nam oyon bo’lmaydigan» hodisalardir.

Ular tarixan «bir-biri bilan shu qadar cham barchas o ’zaro bogdiqlikda rivojlandiki, o ’z -o ’zidan shunday savol tug’iladi: um um an olganda, ularni chinakam mustaqillik darajasiga erishgan om illar, deb hisoblash mumkinmi, shunday deb taxm in qilsa b o ’ladimi; ularning rivojlanishidagi bu qadar barqaror yonm a-yonlik shuning uchun h am bir-biri bilan o’zaro uyg’un ravishda bogdanganki, agar tarixiy m a ’noda aytish joiz bodsa, ular zaruriyatdankelib chiqib yonm a-yon tarzda rivojlandi»

Modemizatsiya psixologik darajadagi qadriyatlarda, maqsadlar qo’yish yo’nalishida, orzu-um idlarga (expectations) erishishda m ustahkam va asosli ravishda olg’a siljishni anglatadi. An’anaviy insonlar tabiat va jamiyatni doimiy va o ’zgarmas, deb hisoblar, ularni o ’zgartirish va boshqarish mumkin ekanligiga ishonchlari yo’q edi. Aksincha, zamonaviy inson o’zgarishlar imkoniyatlarini e’tirof etdi, uni amalga oshirishga ishondi. Lernerning ta’biricha, zamonaviy inson o ’z atrofidagi muhitni o ’zgartirishga moslasha oladigan «harakatchan shaxs»dir. Odatdagi holatlarda bu o’zgarishlar xolislik va sodiqlikka zarurat sezadi, muayyan va yaqin guruhlarning (oila, qarindosh-urug’, qishloq ahli va hokazo) keng va ijtimoiy birliklar (ijtimoiy qatlam , m illat va hokazo) bilan aynanlashishining keng tarqalishini taqozo etadi. Bu jarayon partikulyar qadriyatlarga qarama-qarshi bodgan universal qadriyatlarga berilishning o ’sishi bilan uyg’un holda kechdi va u yoki bu guruhlar askriptiv andozalariga (ya’ni, uning mansubligi bilan bogdiq) qarama-qarshi odaroq, ko‘proq individ erishgan yutuqlar bilan bogdiq bodgan andozalarga tayandi. Modernizatsiya intellektual darajada a tro f olam haqida insoniy bilimlarni kengaytirishni va bu bilimlarni jam iyatda ta ’Iim, ommaviy kommunikatsiyalar hamda ma’lum otlilikni o'sishi vositasida keng tarqatishni anglata boshladi.
Boshqaruvning sotsial tabiati.

Sotsiologik nuqtai nazardan yondashganda boshqaruv — odamlarning o'zaro sotsial munosabatlarini muvofiqlashtirishga doir hokimiyatni amalga oshirish shaklidir. Boshqaruv munosabatlari — ikkita subyektning o'zaro munosabatlarining alohida sohasidir: boshqaruvchi va boshqariluvchi. Boshqaruvni ikkita jihati bo'yicha ikkiga bo'lish mumkin:

1) munosabatlar tizimi sifatida;

2) o'zaro munosabatlar shakli sifatida.

Munosabatlar tizimi sotsial ierarxiya (boshliq - bo'ysunuvchi), shuningdek hokim iyatning nazorat qilish va martabalar vakolatlarini amalga oshirish tartiboti mavjud bo'lishini taqozo etadi.

O'zaro munosabatlar shakli — bu rahbarlikka oid vakolatlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Boshqaruv bir qism odamlarni (yoki odamni) boshqa odamlarga ochiq yoki yashirin bosim o'tkazishiga va jamiyatdagi mavjud sotsial iqtisodiy boyliklarni taqsimlanishidagi tenglikning yo'qligiga asoslanadi.

Boshqaruv tizimi avtoritar yoki demokratik shakl kasb etishi mumkin. Lekin, u muayyan jamiyat uchun qabul qilingan me’yorlar va qoidalar doirasida individlar va sotsial guruhlarning xatti-harakatlari erkinligini chegaralashning sotsial tizimidir. Har qanday boshqaruv tizimi imtiyozga ega bo'lmagan (ijro qiluvchi) odamlarga nisbatan imtiyozli mansabdor odamlarning ozligi asosida quriladi. Boshqaruvchilam i tayinlash jarayoni doimo bir yoki bir necha odamga tegishli bo'ladi, shuningdek boshqa ko'plab odamlarning bo'ysunuvchi sifatida bo'lishiga asoslanadi.

Boshqaruv — har qanday oqilona tashkil etilgan va sivilizatsiyaga erishgan jaftiiyatdagi muhim sotsial institutlardan biri hisoblanadi. Olamlami boshqarish — bu odam larni muayyan xulqqa kirishga qo‘zg‘ash (yoki majburlash) demakdir. Xulosa qilib aytganda, boshqaruv— bir individning (yoki bir necha) boshqa (yoki ko'plab) individga maqsadga muvofiq ravishda to'g'ridan - to‘g‘ri ta’sir ko'rsatishidir. Yoki, boshqaruvning asosi boshqaruv subyektlari (boshliqlar) va boshqaruv obyektlari (boshqariluvchilar) o'zaro ta’sirlari va munosabatlaridan iboratdir. Bu subyektiv -obyektiv munosabat demakdir. Sotsial boshqaruvning murakkabligi shundaki, unda boshqaruv obyekti va subyekti sifatida bir bo'lgan individlar ishtirok etadi.

Shu bilan birga, bozor iqtisodiy munosabatlari sharoitida boshqaruvni menement deb qabul qilish odatga kirdi. Menejment aslida tijjoriy boshqaruv turi sifatida paydo bo'lgan edi. Ma’lumki, tijorat foyda olishni mo'ljallab amalga oshiriladi. Shuning uchun m enejer subyektiv-obyektiv munosabatlarni shunday tarzda tashkil etadiki, bunda bo'ysunuvchilarning o‘zaro munosabatlaridan iloji boricha k o'proq foyda kelishi ko'zlanadi. Foyda olish menejer xizmat faoliyatini baholashning mezoni hisoblanadi. Menejmentning birinchi pioneri (kashshofi) AQShda vujudga keldi. Bu mamlakatda 1880-yildayoq dastlabki menejment maktablari paydo bo'lgan edi. Hozirgi davrda menejerlik sohasi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalar ko'plab sotsial-gumanitar fanlarni — sotsiologiya, falsafa, huquq, iqtisodiyot, psixologiya kabilarni o'rganadi. O'tgan davrlar ichida menejmentni rivolantirishga doir (ayniqsa, AQShda) ko'plab turli-tuman nazariyalar shakllandi.

Olimlar boshqaruvni umuman sotsial institut sifatida rivojlanishini beshta bosqichga bo'ldi: er.il. 2-3 m ing yillar oldin qadimgi sharqda paydo bo'lgan; er.il. 18 asrdan boshlab Bobilda paydo bo'lgan (Xammurapi hukmdorligi davrida 258 tadan iborat boshqaruv qonunlari Bobil qonunlar to'plamida ifodalangan); Bobil hukmdori Navuxodonosor II (er.il.605—562 yy.) g'alla omborlari va to'qim achilik sohasida ishlab chiqarish nazorati va boshqa boshqaruvga doir ko'plab qoidalarni amaliyotga kiritdi.

To'rtinchi boshqaruv sohasidagi inqilob XVIII-XIX asrlardagi уevropa kapitalizmining rivojlanishini rag'batlantirgan industrlashtirish inqilobilari bilan bog'liqdir. Bu davrda bir mulkdor o'rniga minglab aksiyadorlar, ya’ni kapitalning biigalikdagi qo'shma egalari vujudga keldi. Mulkchilikning yangi tizim i boshqaruvning kapitaldan ajralishiga olib keldi, keyinroq esa ma’muriyat va menejmentni mustaqil iqtisodiy kuchga aylantirdi. To'rtinchi boshqaruv inqilobi natijasida menejment professionallashdi. Dastlab m enejm entning to r texnikaviy m a’nosi shakllandi: ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlashni va sotishni nazorat qilish. Mulkchilikning aksiyadorlik shaklini o'sib borishi bilan menejmentning strukturasi ham o'zgardi: aksionerlar tom onidan tayinlangan m enejerlar ularning korxonalaridagi vakillariga aylandi. Boshqaruv maxsus ta’lim olishga zarurat sezgan holda usullar, prinsiplar, texnika, vosita va turli yo'llar yig'indisi sifatida nam oyon b o 'la boshladi. XIX asrning oxiriga kelib yollanma menejerlik paydo bo'ldi. Umuman olganda, industrlashtirishning boshlanishi menejerlarning paydo bo'lishini taqozo etdi.

Beshinchi boshqaruv sohasidagi inqilob XX asrning boshlariga to'g'ri keldi. Bunda M.Veberning byurokratiya nazariyasini ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davr menejer inqilobi davri deb ataldi. E.Bemshteyn va K.Shmidtning mulk egalarining manfaatlariga ziddiyatda bo'lgani uchun kapitalistlar sinfini ma’muriyat stratasi siqib chiqaradi, degan qarashlar paydo bo'ldi. 1941-yilda J.Bernxaymning «Menejer inqilobi» nomli kitobi nashr etildi. Uning aksariyat g'oyalari T. Veblenva M. Veber qarashlariga uyg'un keldi. Bu davrda T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» asarida institutsionalizmning iqtisodiy nazariyasini yaratib, unda kapitalistlar va menejerlarning o'zaro chegaralanishi jarayoni ochib berildi.

Menejer inqilobi AQShda mamlakat aholisining 60 foizini o'rta sinf darajasiga chiqishini ta’minlashga katta hissa qo'shdi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida o 'rta sinfning o'zagi menejerlar hisoblanadi. O'rta sinf ikkita qarama-qarshi qutblar — kambag'allar va boylarni bir-birlari bilan to'qnashuvlariga yo'l bermasdan ajratib turadi. 1990-yildan boshlab AQSh va G'arbiy Yevropaning yetakchi universitetlari o'quv dasturlariga ma’muriy davlat boshqaruvi nazariyasini o'rganish fan sifatida kiritildi. Ilmiy boshqarish — boshqaruv amaliyoti nazariy asosini tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimidir Bu davrdan boshlab menejmentning g'arb amaliyoti quyidagi konsepsiyalami o'z ichiga olishni taqozo etdi: ilmiy boshqaruv konsepsiyasi (teylorizm , asoschisi — F.Teylor); ma’m uriy boshqaruv maktabi — (A.Fayol); insoniy munosabatlar m aktabi ( E .M eyo ); boshqaruvning psixologik maktabi (A.Maslou ); insoniy resurslar samarasini oshirish konsepsiyasi (o'tgan asrning 50-yillaridagi mualiflar nazariyalari yig'indisiga asoslandi). Mazkur konsepsiyalar sotsial-mehnat hayotining sifatlarini o'zgarishi, boshqaruvchilarning yetakchilik sifatlarini vujudga kelishi, hokimiyat va avtoritet, tashkilotda kommunikatsiyalarning namoyon bo'lishining xususiyatlari, motivlashish, o'zaro sotsial aloqalar turli jihatlarini taqozo etadigan rivojlanishning evolyutsiyaviy qirralarini ifodaladi.

Bu konsepsiyalardan tashqari menejmentning uchta yo'nalishi shakllandi:

l)boshqaruv jarayon sifatida (tashkilot maqsadlariga boshqaruv funksiyalarini o'zida namoyon etgan turli o'zaro bog'liqlikdagi xatti harak atlar uyg'unligi asosida erishiladi);

2)boshqaruv tizim sifatida (boshqaruvchilar tashkilotni turli unsurlar (odam ar, texnologiyalar, strukturaviy tashkil etuvchilar) yig'indisi deb qarashlar taqozo etildi);

3)boshqaruv vaziyat sifatida (bu yondashuvga binoan boshliq boshqaruv shakllari, usullari zaxirasiga ega bo'ladi va ulardan shaklianadigan vaziyatdan kelib chiqib foydalanadi).

Hozirgi daviga kelib menejmentning quyidagi yo'nalishlari rivojlana boshladi: boshqaruv sotsiologiyasi; menejment sotsiologiyasi. Boshqaruv sotsiologiyasi turlicha jamiyatlar hayotiy faoliyatida foydalaniladigan sotsial ierarxiyaning umumiy qonuniyatlarini o'tganadi. Menejment sotsiologiyasi bozor iqtisodiyotiga amal qilayotgan jamiyatlardagi firmalar va kompaniyalariga boshchilik qilishga taktikaviy va strategik yondashuvlarning tizimini tavsiflaydi. Sobiq ittifoq davrida «menejment sotsiologiyasi» iborasi «burjua jamiyatiga xos» degan tamg'a bilan butunlay ta’qiqlangan edi. O'tgan asrning o'rtalarigacha «boshqaruv sotsiologiyasi» iborasi ham ta ’qiqlangan edi. Demak, menejment— bu bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimida qo'llaniladigan boshqaruv qonuniyatlari yig'indisidir. Agar ishlab chiqarish, tovarlarni sotish va xizmat ko'rsatishdagi samarali menejmentning natijasi pul daromadini olish b oisa, unda bu kabi yondashuvni sotsial jarayonlarni boshqarishda, um uman sotsial menejment tizimida qo'llab bo'lmaydi. Chunki, sotsial jarayon — bu zaruriy hayotiy faoliyatni ta’minlash shart-sharoitlarida bir turdagi odamlarning sotsiallashuvi va boshqalarning takroriy sotsiallashuviga doir (individlar, sotsial guruhlar, jamiyat) ijtimoiy va professional faoliyatdir.


Xulosa.

Ushbu mavzudan men juda kо‘p narsani sotsial taraqiyot jamiyatimzda muxim rol о‘ynar ekan. YA’ni bu orqali biz jamiyatga eng yetuk boshliqlarni yetkazib berar ekanmiz.boshqaruv va boshqarlish xaqida tushunchag ega bо‘lib, uning qо‘llanish soxalari keng qamrovli ekan. Insonlarning jamiyatda kimgadir bо‘ysinish bu tabiiy xol va buni tо‘g‘ri qabul qilish zarur. Jamiyat rivochi uchun xam bu eng muximi xisoblanadi. Qaysi tashkilot yoki korxona bо‘masin albatta uni boshqaruvchisi bо‘ladi. Sotsial taraqqiytni boshqarish orqali jamiyatning ma’lum qismiga yо‘l topish va insonlarni birlashtirsh yotadi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1 .O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston,2016.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni. 5.10.2016 // Xalq so'zi, 2016, 6-okt.

3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017- y., 6-son, 70- modda.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’Iim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.20.04.2017// http:// www.lex.iiz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=3171590.

5.Karimov I.A. Asarlar. 1-24 jild.-T,:0‘zbekiston, 1996-2016.

6.Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqi. 2016-y., 9-sentyabr // http:/ /parliament.gov.uz/uz/events/chamber/15789.

7.Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish — barqaror taraqqiyot kafolatidir.//XXI asr,2016,20-oktyabr.

8.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ish- langan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi m a’ruzasi. 15.01.2017.-T.:O‘zbekiston,2017.

9.Gold R.L.RolesinSociological Fieldwork/ R.L.Gold//Social Forces. 1958.Vol.36. Ю.Густаффсон Б.,Ниворожкина JI. Сравнительный анализ бедности в России и Швеции//Бедность: взгляд ученых на проблему/Под ред. М.А.Можиной.-М.,1994. 11.Ганиева М.Х.Введение в социальную работу.-Т.,2011.



12.Девятко И.Методы социологического исследования.-М.,2006.
Download 36.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling