# Barkamol shaxsni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish haqidagi fan... bu?
- Psixologiya
+ Pedagogika
- Tarix
- Falsafa
# Pedagogik mahorat tizimiga quyidagilar kiradi...
- His-hayajonni anglatuvchi so'zlar ishlatish, o'zgalarni tushunish, yolg'on xushomad qilmaslik
- Tadbirni tanlash, uni tayyorlash va o'tkazish, tahlil qilish
+ Kasbga oid bilimlar, insonparvarlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika.
- Nafas olish, ovoz o'zgarishi, ravon nutq madaniyati
# I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997) so'zlagan "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?
- Tadbirkor shaxsni tarbiyalash
- Umuminsoniy va milliy tarbiya
+ Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash
- Mehnatsevar inson tarbiyasi
# «O’qituvchi atamasi»ga berilgan ta’rifni belgilang?
- O'qituvchi -yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi kishi.
- O'qituvchi - inson qalbining muhandisi (injeneri).
- O'qituvchi - ziyo nurini tarqatuvchi shaxs.
+ O'qituvchi - murabbiy, ustoz.
# Notiqlik san’atini Yunonistonda qanday nomlashgan?
- “Yuksak iqtidorli ovoz sohibi”.
+ “Tinglovchiga halovat bag‘ishlovchi”.
- “Siyosiy tribuna”.
- “San’atlar shohi”.
# I. A. Karimov tavsifi bo‘yicha pedagogning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
+ Har bir talabaning mustaqil fikrlashini rivojlantirishdan
- Mukammal bilim berishdan
- Bilim va amaliy ko'nikmalami shakllantirishdan
- O'z mahoratini uzluksiz oshirib borishdan
# Pedagogik mahorat - bu:
- Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir
- O'qituvchi tomonidan pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omilidir
- Didaktik hamda tarbiyaviy jarayonning o’qituvchi tomonidan samarali, mahoratli tarzda tashkil etishdir
+ Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatda yuqori darajaga erishishni va uni doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyat bo‘lib, har bir o’qituvchi fazilatida namoyon bo’ladi
# Pedagogik jarayonning harakat vositasi... ?
+ Faoliyat
- Pedagogik o‘zaro ta’sir
- Pedagogik vaziyat
- Pedagogik hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |