Umumiy Pedagogikadan test 50 ta


Download 28.44 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi28.44 Kb.
#1039627
Bog'liq
Umumiy Pedagogikadan test 50 ta


Umumiy Pedagogikadan test 50 ta
1. Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan ta’rifga to’g’ri javob bering. A) Davlat ta’lim standarti C) Davlat attestatsiyasi B) Davlat ta’lim ta’lablari D) Davlat akkreditatsiyasi
2. Dual ta’lim nima ? A) Nazariya va amaliyot B) Amaliyot C) Malaka D) Nazariya
3. Ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim qaysi? A) Eksternat ta’lim B) Dual ta’lim C) Masofaviy ta’lim D) Mustaqil ta’lim
4. Nosir Xisravning asari qaysi ? A) "Siyosatnoma" B) "Saodatnoma", C) "Qutadg’u bilik" D) "Devonu lug’otit turk"
5. O’rta Osiyolik birinchi jadid olimi kim edi? A) Abdulla Avloniy B) Mahmudxo’ja Behbudiy C) Ismoil Gaspirali D) Saidahmad Siddiqiy
6. Ta’lim tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoqarash majmui nima deyiladi? A) Ma’lumot B) Tarbiya C) Ta’lim D) Rivojlanish
7. Fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushuncha qanday ataladi. A) Kategoriya B) Ta’lim C) Bilim D) Ma’lumot
8. Uzluksiz ta‘limni faoliyat ko‘rsatish printsiplarini aniqlang.
A) Xamma javoblar to’g’ri B) Ta‘limning insonparvarlashuvi C) Ta‘limning ijtimoiylashuvi, milliy yo‘naltirilganligi D) Ta‘limni ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi
9. Bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim........... A) E.Torndaykdir B) A. Kombe C) D.Dyui D) Stenli Xol
10.«Ontogenez filogenezni takrorlaydi». Bu har bir organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi». Qaysi olimning fikri? A) Xamma javoblar to’g’ri B) Chemberlen C) Frits Myuller D) Bolduin
11. Yetuklik yoshida 17-18 yoshlaridagina mavjud jamiyatning a’zosi bo‘la oladi deb kim aytgan? A) Shtern B) Bolduin C) Frits Myuller D) Chemberlen
12. O‘spirinlik qaysi yosh davrda to’g’ri keladi? A) 16-18 yosh B) 14-15 yosh C) 16-19 yosh D) 14-17 yosh
13. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi bo‘lib, uzoq davom etadigan murakkab jarayon nima deyiladi? A) Ijtimoiylashuv B) Faoliyat D) Individuallik D) Rivojlanish
14. “Yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining muallifi kim? A) Vigotskiyn B) Dj.Dyui C) Vilgelm Avgust Lay D) A. Kombe
15. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida qaysi fan shakllangan? A) Aksiologiya B) Psixologiya C) Filosofiya D) Biologiya
16. Ta’limning mazmunli tamoyillari qaysilari? A) Ilmiyligi B) ta’limning tushunarliligi C) pedagogik hamkorlik D) ta’limda ko‘rgazmalilik
17. Didaktikaning vazifalari qaysilari
A) Barcha javoblar to’g’ri B) ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish. C) ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash D) ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish.
18. Ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan ta’rifni to’g’ri belgilang. A) o‘quv fani B) ta’lim mazmuni C) ta’lim jarayoni D) bilim olish
19. Idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni nima deyiladi. A) bilim olish B) ta’lim mazmuni C) ta’lim jarayoni D) o’quv fani
20. Shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati nima deyiladi. A) ta’lim mazmuni B) ta’lim vositalari C) ta’lim D) bilim olish
21. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui nima deyiladi. A) ta’lim tizimi B) ta’lim jarayoni C) ta’lim maqsadi D) ta’lim jarayoni

22. Mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi qaysi guruhlarga ajratadilar. A) Barcha javoblar to’g’ri B) progressiv C) zamonaviy D) ananaviy


23. Ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. A) L.V.Zankov B) D. Dyui C) Vigotskiy D) J.Majo
24. Gumanistik (fenomenologik) paradigma namoyondalari qaysilar. A) (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.VIgodskiy va boshqalar) B) (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshqalar). C) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) D) (R.Ganye. J.Majo, B.Skinner, A.Kombs va boshqalar)
25. Bilim olishning an’anaviy paradigma namoyondalari qaysilar A) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) B) (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshqalar). C) (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.VIgodskiy va boshqalar) D) (R.Ganye. J.Majo, B.Skinner, A.Kombs va boshqalar)
26. Y.A.Komenskiy o‘zining tabiatga uyg‘un bo‘lishi g‘oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Qaysi tamoilga shunday degan. A) Tabiat bilan uyg’unligi tamoili B) Insonparvarligi tamoili C) Tarbiyalovchi tamoil D) Ilmiyligi tamoili
27. Agarda o‘qitish jarayoni ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlamasa, u holda ushbu jarayonni tashkil etish zaruriyati yuzaga kelmaydi. Shu bois ta’lim samarali, shuningdek, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘lishi kerak. A) Ta’limning samaradorligi va ishonchliligi tamoyili B) Tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili C) Madaniyat bilan uyg‘unligi tamoyili D) Ta’limning tushunarliligi tamoyili
28. Yunoncha «empathlia» – birgalikda tashvishlanish, ya’ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunishning ustunligiga erishishni talab etadi. Qaysi terininga tegishli? A) Empatiya B) Stress C) Simpatiya D) Effekt
29. “Oltin qoidasi” deb qaysi tamoilga aytilgan. A) Ko‘rgazmalilik tamoyili B) Onglilik va ijodiy faollik tamoyili C) Muntazamlik va ketma-ketlik tamoili D) Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili
30. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni tekshirish metodlari qaysi olim hissa qo’shgan? A) Forobiy, al-Xorazmiy B) al-Xorazmiy C) Abu Rayhon Beruniy D) Ibn Sino

31. Yu. K. Babanskiyning tasnifi bo’yicha metodlar nechta guruhga bo’ladi. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2


32. I. Ya. Lerner va M. N. Skatkin o’qitish metodlarini ketma-ketligini toping. 1 tushuntirish 2. tadqiqot metodi 3. rasmlar metodi 4. muammoli bayon qilish metodi 5. qisman izlanish metodi 6. reproduktiv metod A) 1,2,3,4,5,6 B) 3,5,2,1,6,4 C) 2,1.4.5.6.3 D) 6,3,4,5,1,2
33. O’qitishning metodlari nechaga bo’linadi? A) 2 B) 4 C) 3 D) Bo’linmaydi
34. O’yinlarning samaradorligini oshirishga pedagogika oid eng muhim sharti qaysilari kirmaydi A) o’yinning vazifalarini belgilash B) o’yinning vazifalarini belgilash C) o’yinda o’qituvchining bolalar bilan baravar qatnashuvi D) o’quvchilarning hissiyotli kayfiyati
35. Didaktik o’yinga qo’yiladigan qaysi talab. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma'lum talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak. A) 8 B) 4 C) 3 D) 6
36. Vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning vaqtni tejash, qiyin bilimlarni tushunishini osonlashtirish, ta’lim jarayonini optimal boshqarishni ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim oluvchilarni bilimlarini o‘zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensiyallashtirish imkoniyatlarining kamligi. Qaysi ta’lim turi bu. A) Namoyish etuvchi ta’lim B) Dasturiy ta’lim C) Muammoli o’qitish ta’lim D) Innovatsion ta’lim
37. Pedagogika fanlari tizimi deb…. A) ta‘lim - tarbiya ishlari bilan shug‘ullanadigan fanlarning yig‘indisiga aytiladi. B) tarbiya ishlari bilan shug‘ullanadigan fanlarning yig‘indisiga aytiladi. C) ta‘lim ishlari bilan shug‘ullanadigan fanlarning yig‘indisiga aytiladi. D) bilim va ko’nikma bilan shug’ullanadigan fanlarning yig’indisiga aytiladi.
38. Pedologiya fani sobiq SSSR ga qachon kirib keldi. A) XX asrning 30 yillari C) XX asrning 40 yillari B) XX asrning 10 yillari D) XX asrning 50 yillari
39. Abu Rayhon Beruniy necha yoshda yirik olim sifatida taniladi. A) 22 B) 20 C) 21 D) 23

40. Y.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. U qaysi olim edi. A) I.Gerbart B) I.Pestallotsi C) D.Dyui D) G.Kershteynning


41. Ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan necha xil yondashuv mavjud? A) 2 B) 4 C) 3 D) mavjud emas
42. Ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi. Qaysi tamoilga tegishli? A) An’anaviy B) Ratsionalistik C) Fenomenologik D) Ezoterik
43. I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining nechta qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi. A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 8 ta
44. I. Ya. Lerner va M. N. Skatkin o’qitish metodlarini nechtaga ajratadi. A) 5 B) 6 C) 4 D) 4
45. Pedagogik diagnostikaga nechanchi yilga asos solingan. A) 1865 B) 1866 C) 1864 D) 1867
46. -aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi A) Test B) Hisob C) Funksiya D) Natija
47. «Reyting» qaysi so’zdan olingan A) inglizcha B) arabcha C) yunoncha D) turkcha
48. Ta’lim jarayonini boshqarish necha bosqichlardan iborat. A) 5 B) 7 C) 6 D) 4
49. Professional ta’lim ketma-ketligini belgilang 1. Boshlang‘ich professional ta’lim 2. O‘rta maxsus professional ta’lim 3. O‘rta professional ta’lim A) 1, 3, 2, B) 3,1,2 C) 1,2,3, D) 2,3,1,
50. XVI asr falsafasida qaysi oqim vujudga kelgan. A) Preformizm B) Bixeovirizm C) Fenomenologik D) Gumanistik
Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling