Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun
Download 1.92 Mb.
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija Namunaviy va ishchi dastur
- Xorijiy adabiyotlar
- Umumiy psixologiya fanining predmeti Reja
- 1.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida . Psixologiya fanining asosiy vazifasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat universiteti “Pеdagоgika va psiхоlоgiya” kafedrasi “UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN O`QUV- USLUBIY MAJMUA Ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun URGANCH-2019 Mundarija Namunaviy va ishchi dastur………………………………… Ma`ruzalar matni……………………………………………. Glossariy (o`zbekcha-ruscha-inglizcha)……………………… Xorijiy adabiyotlar ( elektron shaklda ) Mavzular bo`yicha taqdimot ( elektron shaklda ) Qo`shimcha o`quv va ilmiy materiallar ( elektron shaklda ) Mavzularni o`zlashtirish uchun video roliklar, keyslar, testlar, mashqlar to`plami ( elektron shaklda ) MA`RUZA MASHG`ULOTLARI. Reja 1.Umumiy psixologiyaning ob’ekti, vazifalari. 2.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologik bilimlarning o‘ziga xos tomonlari. 3. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 4.Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Sharq mutafakkirlari (Al Forobiy, Abu Ali ibn Sino, ibn Rashid, G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abu Bakir ar-Roziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshqalar)ning psixologik qarashlari. 5.Psixologiya fanining nazariy hamda amaliy vazifalari. 6.Psixologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot. 7. Pedagog faoliyatida psixologiyaning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi. 1.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida . Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri olib borishga yordam beradi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda avvalo psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi. Psixik xarakterga doir har bir fakt esa ham miqdor ham sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o`tishni muqarrar talab qiladi. Bu esa o`z o`rnida qonunlar mohiyatini ochib berishni talab etadi. Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiya fanining o`rganiladigan predmeti bo`lib yuzaga chiqadi, shuningdek, psixik holatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika bilan birga ochib beriladi. Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimi yunon olimi Aristotel’ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo`lib, ruh va jon tananing ajralmas bo`lagi ekanligini ilgari surdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlar tufayli va xususiy faolligi orqali ro`yobga chiqadigan xarakterning real faoliyatda shakllanishi haqidagi nazariyani yaratdi. Demak, kishining adolatparvar va ko`ngilchan bo`lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida ro`y beradi. Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelishi bosqichlarini quyidagi sxemada aks ettirish mumkin. SXEMA-1
Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling