Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti
Download 62.93 Kb.
|
Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi. Yetuklik davrida shaxslararo munosabatlar.
- Mavzu: Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi. Yetuklik davrida shaxslararo munosabatlar. Reja
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTETI ’’BOSHLANG’ICH TA’LIM’’ YO’NALISHI “UMUMIY PSIXOLOGIYA NAZARIYASI VA AMALIYOTI ” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi. Yetuklik davrida shaxslararo munosabatlar. Bajardi: Qosimova Moxigul. Qabul qildi: __________________. Andijon-2022. Mavzu: Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi. Yetuklik davrida shaxslararo munosabatlar. Reja: Kirish. Yosh davrlarining genetik epistimologiya nazariyasidagi tasnifi haqida. (J.Piaje). О’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi. Yetuklik davrida shaxslararo munosabatlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Yosh davrlari psixologiyasi to‘g‘risida fikr yuritilayotganda inson umrining turli Yosh bosqichlarida kechishi, Yosh o‘sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. SHuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. SHuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruxlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda Yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo‘lmaydi. SHuning uchun xozirgi kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarininazariy va amaliy jihatdan tadqiq etadi. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Xojib, A.Navoiy va boshqa bir qator allomalar Yosh davrlari psixologiyasi mavzusiga doir o‘z qarashlarini bildirganlar. Abu Nasr Farobiyning inson psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy fikrlari “Hikmat ma’nolari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi” kabi asarlarida o‘z aksini topgan. Abu Rayxon Beruniy kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi kabilarning umumiy hayot xususiyatlaridagi ahamiyati haqida o‘zining “O‘tmish yodgorliklari” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Allomaning fikricha, inson uzoq umr ko‘rishining sabablari biologik va irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ibn Sino inson umri va Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda kechadigan psixik taraqqiyot masalalari xususida hamda inson shaxsini shakllantirish muammolarini “Odob haqida” risolasi orqali bayon qilgan. SHuningdek Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida inson organizmining tuzilishi, undagi nerv tolalari va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar xususida bir qancha ma’lumotlar keltirgan. Download 62.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling