Umumiy psixologiya uchun hujjatlarni o'rganish metodining mohiyati


Download 110 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi110 Kb.
#1429807
  1   2   3   4
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA UCHUN HUJJATLARNI O\'RGANISH METODINING MOHIYATI


UMUMIY PSIXOLOGIYA UCHUN HUJJATLARNI O'RGANISH METODINING MOHIYATI
Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabalar tomonidan
psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi.
Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar ulaming psixologiyadagi amaliy
baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini o'zlashtirish talabaga undan avval qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga imkon beradi.
Umumiy psixologiyani o'rganish psixologiya tizimidagi boshqa o'quv kurslarini o'zlashtirishda metodologik ahamiyatga ega, chunki umumiy bilimlarsiz xususiyatlarni tushunib olish mumkin emas. Bundan kelib chiqib, ma'ruza o'qishda va adabiyotlar bilan talabalaming mustaqil ishlarini tashkil etishda talaba uchun har bir yangi ilmiy qoidani hayotda kuzatiladigan psixologik hodisalar bilan tushuntirish, balki ular ishlarini qanday tushuntirilganligi va 2amonaviy umumiy psixologiyada qanday tushuntirilishi bilan ham taqqoslash zarur hisoblanadi. Ma'ruza mavzulari fanning rang-barangligi, bo'limlar mazmunida psixologiyaning asosiy muammolarini to'planishi, bir-biri bilan bog'iiq tushunchalar tizimi sifatida bayon etilishi mumkin bo'lishi uchun bir nechta katta bo'limlarga jamlanganligi maqsadga muvofiq bo'lardi. Shunga muvofiq amaliy va semenar mashg'uJotlaridan kiritilishi mumkin bo'lgan tafsilotlari haqida ma'ruzalarda batafsil gapirib o'tish kerak bo'lmaydi. Misol uchun idrok etish psixik jarayonlarning har biriga batafsil tavsifnoma berib o'tish zaruriyati bo'lmaydi, lekin ulaming faoliyati davomida ular o'rtasidagi o'zaro aloqalar va bog'liqiiklariga talabalarni e'tiborini qaratish ulaming vazifalarini ko'rsatish kerak. Keyingi seminar laboratoriyalar, amaliy ishiari davomida ular faqatgina nazariy emas, balki amaliy tajriba orqali chuqur o'rganish mumkin bo'ladi.
Shu bilan birga auditoriyada talabalarning kasbiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Misol uchun, pedagogika oliy o'quv yurtining matematika fakultetida o'quvchilaming matematik qobiliyatlari borasida nazariy asoslarini chuqurroq o'rganish va bo'lajak o'qituvchilarni bolalarda matematik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish metodikasi bilan qurollantirishi mumkin bo'ladi.
Beriladigan soatlar soniga qarab ma'ruza kurslar bo'yicha turli variantlarda bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, umumiy psixologiyaning harnma muammolari beshta, oltita yoki yetita ma'ruza bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Bu berilgan soatlar soni va o'qituvchining fikriga bog'liq bo'ladi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling