Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


Download 154.93 Kb.
bet49/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

113-modda. Ishdan chetlashtirish
Xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.
(113-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustdagi O‘RQ-705-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 03/21/705/0742-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Xodim ish beruvchining aybi bilan g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zararni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda to‘lash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 188-moddasi.
VII BOB. ISh VAQTI
114-modda. Ish vaqti tushunchasi
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.1-bandi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling