Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari


Download 154.93 Kb.
bet17/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

51-modda. Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari
Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari ushbu Kodeksning 32-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan belgilanadi va uning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimlarning tegishli pog‘onadagi vakillik organlari (ularning birlashmalari) bir nechta bo‘lgan taqdirda, xodimlar tomonidan ajratiladigan komissiya a’zolari shu organlar (ularning birlashmalari) o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Jamoa kelishuvining loyihasi komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va kelishuv qatnashchilarining vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar tomonidan imzolangan jamoa kelishuvi, uning ilovalari yetti kunlik muddat ichida kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek bildirish ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli organlariga yuboriladi.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
52-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni
Jamoa kelishuvlarining mazmunini taraflar belgilaydilar.
Jamoa kelishuvlarida:
mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;
narxlarning o‘zgarib borishiga, inflatsiya darajasiga, kelishuvlarda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam miqdori qonunchilikda nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar;
(52-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o‘qitishga ko‘maklashish;
ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar;
davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar (shu jumladan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar) mehnatidan foydalanish maqsadida ular uchun qo‘shimcha ish joylari tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar;
(52-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa kelishuvlarida boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qonunchilikka zid kelmaydigan qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
(52-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling