Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlarining barqarorligi


Download 4.28 Mb.
bet147/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

202-modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlarining barqarorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish, unga o‘zgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
(202-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliq to‘lovchining faoliyatiga va narx belgilashga ta’sir qiluvchi o‘zgartirishlar bo‘lgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning matniga tegishli o‘zgartishlar kiritishga haqli.
(202-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
VII BO‘LIM.
NAZORAT QILINADIGAN ChET EL KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ SOLISh ShARTLARI VA UMUMIY QOIDALARI

26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari
203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.
Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb e’tirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilsa, u ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan o‘z daromadlari tarkibiga kiritishi shart. Yuridik shaxslar mazkur taqsimlanmagan foydani foyda solig‘i bazasiga, jismoniy shaxslar esa – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasiga kiritadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan alohida qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 204-moddasida nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 204 va 208-moddalari.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling