Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Moliyaviy ijara va lizing


Download 4.28 Mb.
bet34/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

54-modda. Moliyaviy ijara va lizing
Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) o‘n ikki oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:
1) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga o‘tkazilsa;
2) moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa;
3) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga ega bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(54-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shartnoma bo‘yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.
Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo‘lgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni, “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling