Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik


Download 4.28 Mb.
bet8/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik
Soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.
Soliq organlari soliq to‘lovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-maydagi 3237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq to‘lovchilarining ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi
16-modda. Soliqlar va yig‘imlar
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasining birinchi qismi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling