Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari
Soliq to‘lovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari (ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi. Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq to‘lovchi ushbu aktivlarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo‘lsa, ushbu Kodeks 44-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan aktivlar kiradi. Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur: soliq to‘lovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi; nomoddiy aktivning o‘zi mavjudligini va (yoki) soliq to‘lovchida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan o‘zganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir shartnomaning) mavjudligi. Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya har oyda soliq to‘lovchi tomonidan ularning boshlang‘ich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatidan, biroq soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilingan normalar bo‘yicha hisoblanadi. Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan istalgan nomoddiy aktivdan foydalanish va foydalanish huquqi uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanadigan davriy (joriy) to‘lovlar ushbu Kodeks 305-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda xarajatlar deb e’tirof etiladi va chegirmalar jumlasiga mutanosib ravishda foydalanish muddat davomida kiritiladi”; (307-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling