Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar foyda solig‘ini hisoblab chiqarish hamda to‘lashda qo‘llaniladi. Soliq bo‘yicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda: 1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq jami daromadga kiritiladi; 2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi. Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomasi) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat bo‘yicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni hisoblab chiqaradi va to‘laydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan soliq to‘lovchining barcha huquqlariga ega bo‘ladi va majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Ishonchli shaxs foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkalarini qo‘llashga haqli emas. Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o‘rtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 275-moddasi. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling