Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari


Download 4.28 Mb.
bet274/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Faoliyat turi

Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)

Toshkent shahri

Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar

boshqa
shaharlar

boshqa aholi
punktlari

1.

Chakana savdo:













oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan

750 000

600 000

300 000

200 000

dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

2.

Maishiy xizmatlar

250 000

150 000

100 000

50 000

3.

Boshqa faoliyat turlari

225 000

150 000

100 000

50 000

4.

Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:

3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

150 000

3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

225 000

Keyingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi;
“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
(383-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling