Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Soliq to‘lash tartibi
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII BO‘LIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ 63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
- 442-modda. Soliq solish obyekti
440-modda. Soliq to‘lash tartibi
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi). Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi. Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. XVII BO‘LIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ 63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash 441-modda. Soliq to‘lovchilar Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar; suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar; dehqon xo‘jaliklari. Keyingi tahrirga qarang. Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. 442-modda. Soliq solish obyekti Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi: 1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari; 2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari; 6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari; 7) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari. Oldingi tahrirga qarang. 8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari. (442-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan 8-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling