Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 4.28 Mb.
bet317/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

Keyingi tahrirga qarang.
Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
453-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Quyidagilar soliq davridir:
yuridik shaxslar uchun — chorak;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 4511-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling