Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
ortiqcha undirilgan soliq summasi
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi;
tan olingan soliq qarzi — soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kun ichida soliq to‘lovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz yoki sud qarori bilan tasdiqlangan qarz; xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi — soliq (penya, jarima) summasini to‘lagan shaxsni va (yoki) ushbu to‘lovning maqsadini qat’iy aniqlash imkoniyatini bermaydigan to‘lov chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘yilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga, jarimaga) nisbatan uni to‘lagan shaxs soliq to‘lovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi ham xatolik bilan to‘langan deb e’tirof etiladi; umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoxud bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz. 5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 61-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi Soliq to‘lovchilarning xo‘jalik faoliyati bo‘yicha jami moliyaviy natijasini hisobga olgan holda foyda solig‘ini (bundan buyon matnda soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘i deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va to‘lash maqsadida, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartib hamda shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy birlashmasi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risida tuzilgan amaldagi shartnomaning tarafi bo‘lgan va ushbu Kodeksda bunday guruh ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik shaxs soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq zimmasiga soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi deb e’tirof etiladi. Ko‘rsatilgan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashga oid huquqiy munosabatlarda, foyda solig‘ini to‘lovchilar kabi, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi shunday huquqlarni amalga oshiradi va majburiyatlarni zimmasiga oladi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksga va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuzilgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatdir. (61-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling