Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organlar


Download 4.28 Mb.
bet67/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

99-modda. Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli organlar
Quyidagi organlar soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi):
Oldingi tahrirga qarang.
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida ko‘rsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i hamda soliq agenti sifatida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ham haqli;
(99-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno).
(99-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida ko‘rsatilgan har qanday soliq bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17 va 99-moddalari.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling