Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Vakolatli organlar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

25-modda. Vakolatli organlar
Quyidagilar vakolatli organlardir:
soliq organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar
bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq
inspeksiyalari;
bojxona organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona
qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari,
“Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari;
yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
24-moddasi
.
26-modda. Soliq organlarining huquqlari
Soliq organlari quyidagilarga haqli:
soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish
hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron
tarzda taqdim etishini talab qilish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati
tadbirlarini o‘tkazish;
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan
soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan
bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat
o‘lchovlarini o‘tkazish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar
saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa,
sud qarori bo‘yicha muhrlash;
(26-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot
jismlarini olib qo‘yish;
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi
to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi
va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish;
(26-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)


soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy sanksiyalar
qo‘llash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni
belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va
yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud
tartibida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat
daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular
tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan
bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning bajarilishi bilan
bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
(26-modda birinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining yoki soliq agentining
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab
qo‘yish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning
bajarilishini nazorat qilish;
(26-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat
qilish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
19

23

25-moddalari
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling