Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan
tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun
foydalanilganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yo‘qligida
esa soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo‘qotilgan
taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya, yo‘l-
transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud
yo‘qotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(269-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda;
(269-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotganda (yoki soliq to‘lashdan ozod qilinganda);
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga
olingan yoki bepul foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanganda.
(269-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksning 
470 -moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 
1 — 4-
bandlariga
muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida
ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi).
(269-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan
oldingi oxirgi o‘n ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta
tiklanishi lozim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga to‘g‘ri keladigan qiymati asosida
aniqlanadi.
Asosiy vositalarning obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar bo‘yicha
tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Kodeksning 
270-moddasida
nazarda
tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga
to‘g‘ri keladigan, ilgari bu obyektlar bo‘yicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan)
soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
270-moddasi
.
1


Ilgari bunday tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan miqdordagi,
asosiy vositalarga, ko‘chmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa ularning
qayta baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib miqdordagi
soliq summalari tiklanishi lozim.
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 
257-moddasiga
muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib beruvchi
tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u
tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi
kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
257-moddasi
.
Soliqqa tuzatish kiritish summasi ko‘rsatilgan obyektlarning balans qiymatini oshirishga
(yoki kamaytirishga) taalluqli bo‘ladi yoxud foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda hisobga
olinadigan xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovar reeksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda va ushbu tovarning importi
chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasi unga bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytarilganda, soliq to‘lovchi hisobga o‘tkaziladigan
soliq summasiga o‘ziga qaytarilgan soliq summasi bo‘yicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi).
(269-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisobga olingan soliq summasiga tuzatishlar kiritish ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar
yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling