Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


XI BO‘LIM. AKSIZ SOLIG‘I


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

XI BO‘LIM.
AKSIZ SOLIG‘I
40-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
283-modda. Soliq to‘lovchilar
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi)
deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan
tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to‘ldirish stansiyalari
va gaz to‘ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash
maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda
gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
(283-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
659-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son
— 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga
oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha
oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib
o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb
e’tirof etiladi.
(283-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni)
ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz
solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga
oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling