Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir
xarajatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida
amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy
tadqiqotlarga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
(312-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va
boshqaruvni 
tashkil 
etishning 
yangi 
texnologiyalarini, 
usullarini 
yaratish 
yoki
qo‘llanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik
ishlanmalariga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu
konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi.
(312-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir
xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy
tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qat’i nazar, ushbu
moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida
bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan
keyin 2-koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirib tashlanadi.
(312-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Agar soliq to‘lovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan
amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq
huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi. Bunday holda
ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 
307-moddasida
nazarda tutilgan tartibda chegirib
tashlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari shartnoma bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-
konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq
to‘lovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida e’tirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
307-moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling