Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Investitsiyaviy chegirma


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

308-modda. Investitsiyaviy chegirma


Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 
306-moddasiga
muvofiq aniqlanadigan aktivning
boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya
qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda
va shartlarda qo‘llashga haqli.
(308-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik
va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini
yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini
sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida;
(308-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar summasining 10 foizi miqdorida.
(308-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu Kodeks 317-moddasining 
17-bandiga
muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar
bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan
yoxud o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta
jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga
oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini
yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti
sotib olingan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq
to‘lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e’tiboran ko‘pi bilan uch yil o‘tgan
mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb
e’tirof etiladi.
(308-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Amortizatsiya qilinadigan aktiv u bo‘yicha investitsiyaviy chegirma qo‘llanilgan sanadan
e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib ketgan
taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi ro‘y bergan
hisobot (soliq) davrida jamg‘arilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali
bekor qilinadi.
Ushbu modda 
yettinchi qismining
qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya va shunga o‘xshash boshqa holatlar) tufayli
chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich
qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 
306-moddasida 
belgilangan
normalar bo‘yicha to‘liq amortizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda tatbiq etilmaydi.
(308-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling