Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari
Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el
yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:
1) chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki)
jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.
Nazorat qiluvchi shaxslari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof
etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el
tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi.
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish
boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti
deb e’tirof etish o‘z-o‘zidan ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxs o‘zi uchun nazorat qiluvchi shaxs
bo‘lgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga
oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb e’tirof etishga asos bo‘lmaydi.
Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi
sheriklar yoki o‘zga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar
qo‘llaniladi.
40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida
quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etiladi:
1) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan,
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
2) ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy
shaxs, agar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan barcha
shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lsa.
Ushbu moddaning 
birinchi qismi 
maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish
ulushi ushbu Kodeksning 
38-moddasida
nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.


Ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish
ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 
11-bandida
ko‘rsatilgan shaxslar bilan
birgalikda hisobga olinadi.
Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan o‘tgan va
(yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga
kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar (depozitar qaydlar) emitenti
bo‘lgan bir yoki bir nechta O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki)
bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan bo‘lsa hamda bu shaxs ushbu moddaning
beshinchi — o‘n ikkinchi qismlariga
muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs
chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy
vositachilari deganda O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish
bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan chet el fond birjalari va
chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi.
Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning 
birinchi
qismida
belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya
ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 
11-
bandida
nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirsa, o‘sha shaxs ham
chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb e’tirof etiladi.
Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan
qarorlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ushbu Kodeksning
maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi. Bunda
shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi
tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti bo‘lsa,
o‘sha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya va
(yoki) o‘zga shaxslar o‘rtasidagi boshqa o‘ziga xos munosabatlar tufayli ta’sir etishi yoki ta’sir
etish imkoniyati hisobga olinadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling