Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Zararlarni kelgusiga o‘tkazish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

333-modda. Zararlarni kelgusiga o‘tkazish
Ushbu bo‘limda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni
inobatga olgan holda chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi
soliq to‘lovchining zarari deb e’tirof etiladi.
Muomaladagi qimmatli qog‘ozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy
vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rilgan zararlar deb
e’tirof etiladi.
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning 
birinchi qismiga
muvofiq hisoblab
chiqarilgan zarari (zararlari) bo‘lgan soliq to‘lovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu ko‘rilgan
zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(333-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) ko‘rilgan zarar summasiga faqat joriy soliq
davrining yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Bir kalendar yildan ortiq yillarda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda o‘tkaziladi.
Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shu’ba tashkiloti tomonidan ko‘rilgan zararlar
kelgusi davrlarga o‘tkazilmaydi.
Zararlarni o‘tkazishning alohida hollardagi o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 
334
— 336-moddalarid
a nazarda tutilgandir.
334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni o‘tkazish
Qayta tashkil etish munosabati bilan o‘tkaziladigan zararlar soliq to‘lovchilar bo‘lgan
huquqiy vorislar o‘rtasida taqsimlash balansi asosida o‘tkaziladigan aktivlar qiymatining qayta
tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan
oldingi sanadagi holatiga ko‘ra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va
ushbu Kodeksning 
333-moddasida
 nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Huquqiy voris bo‘lgan soliq to‘lovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari o‘z
faoliyatini tugatgan soliq to‘lovchidan ko‘rgan zararlari o‘tkazilmaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling