Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

(369-modda ikkinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-
714-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son —
2021-yil 1-iyundan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u erdan qaytib kelish uchun,
shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan
to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi
bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining
30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini
tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida;
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun
to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar;
(369-modda ikkinchi qismi 8-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) qonunchilikda nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):
(369-modda ikkinchi qismi 9-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan,
shuningdek 
vaxta 
usulida 
ishlarni 
bajarishda 
xodimga 
kompensatsiya 
to‘lovlari
(kompensatsiyalar);
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari
(kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
dala ta’minoti;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin
bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari
orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul
qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan


oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul
qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy-joy
ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi;

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling