Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

53-bob. Jami daromad
368-modda. Jami daromad
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq
to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil
topadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va
uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olingan daromadlardan.
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor
bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi
esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul
mukofoti va sovg‘alar;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari
tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
3) olingan alimentlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila 
kodeksi
.
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar;
(369-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik
kompensatsiya pul to‘lovlari;
(369-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-
aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga
kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 
Farmoni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.


7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa)
mustasno;
(369-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-
646-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son
— 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va
nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
8) majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar,
shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida” 

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling