T/r
Soliq to‘lovchilar
Bir yillik soliq
stavkalari
(mln so‘mda)
1. Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar
20
2.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq
to‘lovchilar
30
Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lash tartibi ushbu
Kodeksning
470 -moddasida
belgilangan.
(467-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan
shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi
hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqni
to‘lashi shart.
Ushbu modda
birinchi qismining
qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik
shaxs bo‘lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq
to‘lovchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining
4
,
5
,
6
,
10
,
11
,
12
,
13
,
14
,
17
,
18
,
21
,
22
,
23
,
25
va
27-bandlarida
ko‘rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq
to‘lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi
ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining
2 — 14-bandlarida
ko‘rsatilgan
faoliyat turlari mavjud bo‘lmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan
daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining
1-bandida
belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha
soliq solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |