Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz
to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda
soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib
to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 
6

7
va 
8-bandlarida
ko‘rsatilgan soliqlar
bo‘yicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi
xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ko‘rsatilgan soliqlarga nisbatan
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan
asosda, olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 
6 — 9-bandlarida
ko‘rsatilgan soliqlar va
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar)
realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan daromadi o‘rtacha oylik ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizdan
ko‘proqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga.
Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning 
beshinchi qismida
 belgilangan tartibda 2020-yil
31-dekabrga qadar kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilib, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib
to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik to‘lanadi.
(482-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-714-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y.,
03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham
tatbiq etiladi)


Ushbu Kodeksning 
11-bobida
nazarda tutilgan soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan
tatbiq etilmaydi.
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish va bo‘lib-
bo‘lib to‘lashning:
1) ushbu modda birinchi qismining 
ikkinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan imkoniyati — soliq
to‘lovchining arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining xulosalari asosida,
boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
2) ushbu modda birinchi qismining 
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan imkoniyati —
mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq
organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo‘llaniladi:
soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha — mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash
to‘g‘risidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining 
oltinchi qismida
, 432-moddasining
birinchi qismida
va 448-moddasining 
uchinchi qismida
belgilangan soliqni, soliq bo‘yicha
bo‘nak to‘lovini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan
esa mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash
to‘g‘risidagi bildirishni;
soliqqa doir hisobga olish joyi bo‘yicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq
bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini
taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining 
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-
bo‘lib to‘lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo‘llanilganligiga soliqlarni, soliqlar
bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday
soliq to‘lovchilarni aniqlagan soliq organlari to‘lanmagan soliqlarning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning 
110-moddasida
belgilangan tartibda penya
hisoblaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling