Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliqlarning elementlari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

6-bob. Soliqlarning elementlari
69-modda. Soliqlarning elementlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan
taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
(69-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
70-moddasi
.
2) soliq bazasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
71-moddasi
.
3) soliq stavkasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
72-moddasi
.
4) soliq davri;


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
73-moddasi
.
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
74-moddasi
.
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
82-moddasi
.
7) soliqni to‘lash tartibi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
74-moddasi
.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
75-moddasi
.
70-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik
xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
(70-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq
solish obyektiga ega bo‘ladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling