Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar
- 80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari
78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi yoki soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli bo‘yicha milliy valyutada yuritadi. Oldingi tahrirga qarang. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchi bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq hisobini soliq solish maqsadida hisoblash usuli bo‘yicha AQSh dollarida yuritishga haqli. (78-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) 79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar Hisob hujjatlari qog‘ozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati tugagunga qadar saqlanadi. Soliq to‘lovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi. (79-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari Ushbu Kodeksda soliq solishning turlicha tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini bir vaqtda amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart. Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli yordamida yuritilishi mumkin. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan tushumning umumiy summasida faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisobga olmagan holda realizatsiya qilishdan olingan tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turlariga kiritiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turiga kiritiladi. Bunda faoliyatning faqat bitta aniq turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning amalga oshirilayotgan barcha turlariga kiritiladi. Maqsadli mablag‘lar oluvchi soliq to‘lovchilar ushbu maqsadli mablag‘lardan foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritishi shart. Soliq to‘lovchilar, bundan budjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. Olingan maqsadli mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotning shakli va uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling