(202-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
VII BO‘LIM.
NAZORAT QILINADIGAN ChET EL KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ SOLISh
ShARTLARI VA UMUMIY QOIDALARI
26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy
qoidalari
203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan
soliqni to‘lovchi shaxslar
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining
taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.
Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi
hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar
deb e’tirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha
39
va
40-moddalarida
belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti
nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilsa, u ushbu nazorat qilinadigan chet el
kompaniyasining taqsimlanmagan foydasini ushbu Kodeksga muvofiq
soliq solinishi lozim
bo‘lgan o‘z daromadlari tarkibiga kiritishi shart. Yuridik shaxslar mazkur taqsimlanmagan
foydani foyda solig‘i bazasiga, jismoniy shaxslar esa – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i bazasiga kiritadi.
Ushbu moddaning
uchinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat qilinadigan
chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi
shaxsi tomonidan alohida
qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning
204-moddasida
nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet el
kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod
qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39
,
204
va
208-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: