Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
(yangi tahriri)
UMUMIY QISM
I BO‘LIM.
UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan
munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab
chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan
bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
soliq to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6-moddasi
 va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining
Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” Qonunining 
2-moddasi
.
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning qismlarini ushbu Kodeksning
qoidalariga muvofiq emas deb topish
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi
shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas
deb topiladi:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan
organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning
belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-moddasi
, “Qonunlar loyihalarini
tayyorlash va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 
12 — 21

25-26-
moddalari
, “
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari
” (ro‘yxat raqami
2565, 28.02.2014-y.).
2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini
bekor qilsa yoki cheklasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
21-22-moddalari
.
3) soliq munosabatlari subyektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini,
shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini o‘zgartirsa;
4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-moddasining 
ikkinchi qismi
, 10-moddasining 
ikkinchi
va 
uchinchi
qismlari
, 11-moddasining 
ikkinchi qismi
 
.


5) ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid
bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16 —18-moddalari
.
Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki
uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga
haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor
qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan e’tiboran ushbu
Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
12-moddasi
, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining
178 — 183-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling