Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning X bo‘limi . 2) aksiz solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XI bo‘limi . 3) foyda solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XII bo‘limi . 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XIII bo‘limi . LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XX bo‘limi . 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XVIII bo‘limi . Oldingi tahrirga qarang. 5 ) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i; (17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 5 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XVII bo‘limi . 7) mol-mulk solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XV bo‘limi . 8) yer solig‘i; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XVI bo‘limi . 9) ijtimoiy soliq. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning XIV bo‘limi . Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi. (17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi. (17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni . Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling