Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Bojxona organlarining, yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

28-modda. Bojxona organlarining, yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga
oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining
bojxona chegarasi orqali olib o‘tish chog‘ida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka, ushbu
Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va yig‘imlarni undirish bo‘yicha
huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va
tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-modda. Soliq siri
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini
tashkil etadi, quyidagilar bundan mustasno:
1) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan egasining roziligi bilan shunday
foydalanish imkoni yaratilgan ma’lumotlar;
2) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik
choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(29-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini
to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7) xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar va
ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan
hollar mustasno.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to‘lovchining tijorat sirini (ishlab chiqarish
sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki
ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib qolgan axborotdan
foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning
soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq to‘lovchi to‘g‘risida so‘ralgan


ma’lumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxsus saqlash va
foydalanish rejimiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning yo‘qotilishi yoki
bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi,
soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar
tomonidan olingan ma’lumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan
tatbiq etiladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling