Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
24-moddasi
, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga
nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.


32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar
(O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
(32-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga
ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ
tuzilmalar);
(32-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) xalqaro tashkilotlar.
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan eri bo‘yicha doimiy ish joylari
jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida
bo‘linmasidir.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan
va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-
boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan eri ushbu
yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
4-bobi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling