Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
130-moddasi
.
Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ikki va
undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi bo‘yicha ro‘yxatdan
o‘tkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 
1-bandida 
ko‘rsatilgan qurilish
maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning 
ikkinchi

uchinchi
 yoki 
sakkizinchi qismlarida
ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy muassasaga ega bo‘lsa
va ushbu doimiy muassasa ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki
shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur
faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi.
Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati ko‘chma xususiyatga ega bo‘lsa (yo‘l qurilishi,
foydali qazilmalarni qidirish va ko‘chma xususiyatga ega bo‘lgan boshqa faoliyat turlari), bu
holda butun loyihaga, uning ko‘chma xususiyatidan qat’i nazar, doimiy muassasa sifatida
qaraladi.


Agar doimiy muassasa O‘zbekiston Respublikasining Yagona soliq to‘lovchilar reyestridan
chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi o‘n ikki oylik davr ichida ushbu moddaning 
ikkinchi
yoki 
uchinchi qismlarida
ko‘rsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb
e’tirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilishi lozim.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling