Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliq to‘lovchining vakillari
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
24-modda. Soliq to‘lovchining vakillari
Soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. (24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. (24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. (24-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchiligiga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. (24-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli: soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa. Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bo‘yicha ushbu Kodeks bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir. (24-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi . Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling