Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

23-modda. Soliq agentlari
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan
ushlab qolish va budjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb
e’tirof etiladi.
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq
to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
19, 21-moddalari
.
Soliq agentlari:
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga
o‘tkazishi;
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq qarzi
summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy
ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;
hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va
budjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi;
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 
88-moddasida 
nazar tutilgan da’vo
muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
88-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling