Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning
o‘ziga xos xususiyatlari
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur kompaniyaning
ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan aniqlangan
foydasining (zararining) miqdori e’tirof etiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan
mazkur kompaniyaning yillik moliyaviy hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha. Bunday holda nazorat
qilinadigan chet el kompaniyasining soliq solinguniga qadar bo‘lgan foydasining (zararining)
miqdori ushbu kompaniyaning foydasi (zarari) deb e’tirof etiladi;
(331-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) ushbu bo‘limda soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar
bo‘yicha.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi
qismining 
1-bandiga
muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda amalga
oshiriladi:
1) ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining doimiy turgan joyi soliq solish
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan chet
davlat bo‘lsa, bundan soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bilan axborot
almashishni ta’minlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno;
2) moliyaviy hisobotga nisbatan salbiy fikrlar mavjud bo‘lmagan yoki fikrlarni ifodalash rad
etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan bo‘lsa.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi
qismining 
1-bandiga
muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash maqsadida
bunday kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan
konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi.


(331-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatda bunday
qonunchilik mavjud bo‘lmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga
yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan e’tirof etilgan, qimmatli qog‘ozlarni
savdolarga qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy
vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan chet el fond birjalari hamda chet el depozitar-kliring tashkilotlari
tomonidan qabul qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;
(331-modda uchinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning
qonunchiligiga muvofiq ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti majburiy auditdan o‘tkazilishi
shart bo‘lmasa, ushbu Kodeks maqsadlarida foydani (zararni) aniqlash auditi auditning xalqaro
standartlariga muvofiq o‘tkazilgan moliyaviy hisobot asosida amalga oshiriladi. Ushbu bandda
belgilangan shartlarga rioya etish ushbu modda ikkinchi qismining 
1-bandini
qo‘llash
maqsadlari uchun talab etilmaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling