Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lash tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

440-modda. Soliq to‘lash tartibi
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi
oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi
kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga
kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan
taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar
teng ulushlarda amalga oshiriladi.
XVII BO‘LIM.
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
441-modda. Soliq to‘lovchilar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda
soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi
foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar,
shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun
mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar;
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
(441-modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining
2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)


Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof
etiladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling