Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

122-modda. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank
hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan soliq qarzini undirish
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘i yuzasidan soliq
qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul
mablag‘lari hisobidan undirishda ushbu Kodeksning 
124-moddasi
qoidalari mazkur moddada
nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘i yuzasidan soliq
qarzini to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma ushbu Kodeksning 
116-moddasida
belgilangan tartibda
yuboriladi. Bunday talabnoma soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha
foyda solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin yuboriladi.
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan soliq qarzini undirish birinchi navbatda
soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining pul mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.
Soliq 
to‘lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhi 
mas’ul 
ishtirokchisining 
bank
hisobvaraqlarida soliq qarzining butun summasini undirish uchun pul mablag‘lari yetarli


bo‘lmasa yoki umuman bo‘lmasa, undirilmay qolgan summani undirish ushbu
konsolidatsiyalashgan guruh qolgan ishtirokchilarining banklardagi pul mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.
Soliq organi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi o‘zida mavjud bo‘lgan axborot asosida soliq
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul
mablag‘lari hisobiga undirish amalga oshiriladigan tarkibini, shuningdek oldingi
ishtirokchilarning bankdagi hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, ushbu
ishtirokchilardan bunday undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi.
Soliq 
to‘lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
soliq 
qarzi 
ushbu
konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilaridan biri tomonidan uzilgan, shu jumladan qisman
uzilgan taqdirda, ko‘rsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili ushbu ishtirokchi tomonidan
uzilgan qismi bo‘yicha tugatiladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining o‘ziga nisbatan undiruv to‘g‘risida
qaror chiqarilgan ishtirokchilariga soliq to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling