Umumiy qism umumiy qoidalar


Download 1.32 Mb.
bet3/4
Sana05.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1693019
1   2   3   4
Bog'liq
Kon nozimining lavozim yo\'riqnomasi lotin

5. MALAKAVIY TALABLAR

5.1 Kon nozimi lavozimiga konchilik muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.


5.2 Ish staji: Kon sanoati sohasida kamida 1 yillik tajriba.
5.3 Ko‘nikmalar:
- ishlab chiqarishni rejalashtirish;
- ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
- ishlab chiqarish samaradorligini baholash;
- biznes muzokaralar o‘tkazish;
- hamkasblar va bo‘ysunuvchilar bilan ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish.
5.4 Hech kanday maxsus ta’lim talab qilinmaydi.


6. LAVOZIM BO‘YICHA HUQUQLARI

6.1 Ishlab chiqarish jarayonlarining borishi, smena vazifalarining bajarilishi va shaxta transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj haqida o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot berish uchun uchastka boshliqlari va kon ustalaridan talab qiladi. Normal bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.


6 .2 Uchastka boshliqlari, kon ustalariga ishlab chiqarish jarayonlarining kechishidan chetga chiqishlarni oldini olish va smena vazifalari bajarilishini ta’minlash
6.3 Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgan holda olib boriladigan ishlarni to‘xtatish
6.4 XKKK va undan yuqori tashkilotlarni shaxtada avariyalar yuz berganda belgilangan tartibda xabardor qilish.
6.5 Zarur hollarda shaxtada belgilangan tartibda ishlab chiqarish masalalarini hal qilish uchun uchastkalar, bo‘limlar va xizmatlarni texnik nazorat qiluvchi shaxslarga qo‘ng‘iroq qilishi kerak.
6.6 Rudalar, tog‘ jinslari va kumlarni o‘z vaqtida jo‘natish, ishchi-xodimlarni kon laxmlariga eltish jadvalini bajarish choralarini ko‘rishi kerak.
6.7 Shaxta rahbariyati tomonidan belgilangan darajada boshqa huquqlardan foydalanish.
7. ISH SIFATI VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH MЕZONLARI
7.1 Rejaning bajarilishi bo‘yicha o‘n kunlik, oylik va yillik xisobot ma’lumotlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi.
7.2 Hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli saqlash.
7.3 Rejaning oylik hajmlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish.
7.4 Avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha ma’sul shaxs kelgunga qadar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni bartaraf etishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish.
7.5 Mexnat va sanoat intizomi holati.
7.6 Mexnat salomatligi va xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, yongin xavfsizligi qoidalari hamda tartibga solish organlarining talablariga rioya qilish.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling