Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz
Jamiyat salomatligi, xavfsizligi va muhofazasi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)
4.15 Jamiyat salomatligi, xavfsizligi va muhofazasi
Barcha qurilish loyihalari, jamoat xavfsizligi, ayniqsa, katta quvvatli uskunalar, og'ir qurilish uskunalari, qazish ishlari, transport va boshqa omillar, jumladan, yong'inlar va ifloslantiruvchi chiqindilar bilan bog'liq potensial xavflarga ega. Qurilish vaqtidagi ommaviy xavf-xatarlar kutilmagan vaqtda kutilmagan joylarda paydo bo'lgan atrofdagi odamlar uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar ishchilar oqim va kasalliklar (masalan, COVID-19, OIV-OITS), jinsiy zo'ravonlik va tazyiq (bundan buyon JZT), shuningdek, jinsiy ekspluatatsiya va tazyiq hamda jinsiy teganjanlik (JET/JT), bundan tashqari jamoat yo'llarida loyiha obyektiga materiallar va uskunalarni etkazib berishda transport hodisalari oqibatlari (shu jumladan, boshqa yo'l foydalanuvchilari uchun xavfsizlikni)ni o'z ichiga oladi. Loyiha doirasida loyiha sohasidagi ishchilarning oqimi bilan bog'liq potentsial xavflarni boshqarish uchun ishchilar oqimini boshqarish rejasi ishlab chiqiladi. EPC pudratchi va Ekspluatatsiya qiluvchi kompaniya JET/JT dan himoya qilish va chora ko’rish bo’yicha harakat dasturi tayyorlashi, unda protokollar tuzish va JET/JT riskini joyida hal qilish mexanizmi ko’rsatilishi, shuningdek, har qanday yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ayblovni qanday hal etish ko’rsatilishi lozim. Qurilish bosqichidagi boshqa rejalar joylarda va mahalliy yo'llardan foydalanish yo'l harakati rejasini tayyorlaydi. "Favqulodda tayyorgarlik va ularga rioya qilish rejasi" va kadrlar tayyorlash bosqichida boshqa xavf-xatarlar to'g'ri baholanadi. Bundan tashqari, xavfsizlik xodimlari loyihani qurish va ishlatish bosqichida bo'ladilar. Xavfsizlik kuchlari qurollanishini hisobga olgan holda, xavfsizlik choralari BMT huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xodimlarining xatti-harakati kodeksiga, XMKning xavfsizlik kuchlaridan to'g'ri foydalanish amaliyoti bo’yicha: XMKning tavakkalchilikni baholash va boshqarish va BMTning huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan kuch va qurollarni qo'llash bo'yicha asosiy tamoyillari qo'llanmasiga asoslanadi. Uchinchi tomon, jamoatchilik hamda boshqa manfaatdor tomonlardan kelib tushgan shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi ta'sir o'tkazish rejasida belgilandi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling