Umumiy ratsional grammatikaning yaratilishi interfaol metod


Download 136.09 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi136.09 Kb.
#1110127
  1   2   3   4
Bog'liq
4-seminar hemisga (1)


4-MAVZU:
YEVROPADA UYG‘ONISH DAVRI TILSHUNOSLIGI.
UMUMIY RATSIONAL GRAMMATIKANING YARATILISHI



INTERFAOL METOD


1 – TOPSHIRIQ:



QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING, MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.



  1. Yevropada uyg’onish davri qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?




  1. Uyg’onish davrida qaysi tillar tadqiq qilindi?



  1. Аntik davrning adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda qaysi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta bo’ldi?





  1. J. Skaliger bu davrda o’zining qaysi asarini yaratdi?



  1. R. Stefanus tilshunoslikka oid qaysi tadqiqotini e’lon qildi?



  1. G.Stefanusning yunon tiliga bag’ishlangan «Grek tili xazinasi» asari nima haqida?





  1. Qaysi tilshunos olim qadimgi yahudiy tili grammatikasini yaratib, unda birinchi bo’lib «affiks» terminini qo’lladi?





  1. Qaysi lingvist arab tili grammatikasiga oid asarlarini e’lon qildi?





  1. Iov Ludolf qaysi til yuzasidan ish olib bordi?



  1. XVI asrda qaysi tillarning grammatikasiga oid asarlar maydonga keldi?





  1. Uyg’onish davrida qaysi sohalar bo’yicha ishlar olib borildi?





  1. ”Umumiy ratsional grammatika” nima uchun mantiqiy grammatika deb yuritiladi?



  1. F.I. Buslayevning qanday asarlarini bilasiz va ularda qanday g’oyalar ilgari suriladi?





  1. Aleksandr Afanasevich Potebnya til va tafakkur munosabatini qanday talqin qiladi?



  1. “Por-Royal grammatikasi” asari muallifi kim?

1 – TOPSHIRIQ


1. XV-XVIII
3. qadimgi yahudiy, aramiy, arab, efiopiya tillari
4. Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o‘g‘li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton
5. «Lotin tili asoslari haqida» (1540)
6. «Lotin tili xazinasi» (1553)
7. yunon tiliga
8. I. Reyxlin
10. efiopiya tili
11. nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596)
12. Ushbu davrda lisoniy materiallarni to‘plab, yig‘ib borish ularning mohiyatini tushunish, mazmunini anglash bilan birgalikda olib borildiki, natijada til haqida e’tiborli fikrlar o‘rtaga tashlandi.
13. O‘rta asrlardayoq (XVI-XVII) lisoniy hodisalarning to‘g‘riligi mantiqiy mezonlar asosida aniqlana boshlandi. Bu esa, o‘z-o‘zidan, tilning mantiqqa bo‘ysindirilishiga va barcha tillar uchun umumiy qonunlar mavjudligini tan olishga majbur qilardi. Boshqacha aytganda, ushbu asrlarda lotin tilini o‘rganish mantiqiy tafakkur qonun va qoidalarini bilish deb ham tushunildi. Til hodisalari mantiq asosida izohlandi. Mantiq grammatikadan ustun qo‘yildi. Bu davrda barcha tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bo‘lishi – bitta grammatika bo‘lishi kerak degan ta’limot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi maydonga keldi.
Mantiqiy grammatika yaratish ta’limotining eng muhim g‘oyaviy asosi bo‘lib, ma’rifat asrining (XVII-XVIII) yetakchi falsafiy yo‘nalishi bo‘lgan ratsionalizm maydonga chiqdi. Ya’ni aql-idrok asosida ish ko‘rish – ratsionalizm tilshunoslikka ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
14. “Rus tili tarixiy grammatikasi tajribachi”
15. U til va tafakkur munosabatiga to‘xtalar ekan, fikrning hosil bo‘lishi va o‘zining ifodasini topishi, voqelikka aylanishi faqat til yordamida, til materialida yuz berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, u tilning faqat tafakkur – fikrlash jarayoni bilangina emas, balki umuman inson psixikasi bilan bog‘liqligini qayd etadi.
U tillarni qiyosiy-tarixiy tekshirish bilan bevosita shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, ammo ayni tadqiqot metodini yuqori baholaydi.
16. 1660-yilda Parij atrofidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslolar ilk bor «Umumiy ratsional grammatika» asarini fransuz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar.



Download 136.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling