Umumiy shartlari (Ommaviy offerta) общие условия
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
publicOffer
"Uzum Nasiya" Internet-platformasidan foydalanish hamda mijozlar va mikromoliya tashkiloti o'rtasida quyida keltirilgan shartlarda mikroqarzni rasmiylashtirishning UMUMIY SHARTLARI (Ommaviy offerta) ОБЩИЕ УСЛОВИЯ (Публичная оферта) пользования Интернет-платформой «Uzum Nasiya» и оформления договоров микрозайма между Клиентами и микрофинансовой организацией на нижеприведенных условиях 1. Umumiy qoidalar 1.1. Mazkur ommaviy shartnoma (keyingi o'rinlarda – "Oferta" yoki "Shartnoma") keyingi o'rinlarda "Jamiyat" deb ataluvchi "Solutions Lab" AJning "Uzum Nasiya" ilovasidan foydalanish bo'yicha taklifini ifoda etib, mazkur oferta shartlariga muvofiq keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi" deb ataluvchi jismoniy shaxslarga dasturiy ta'minot yordamida xizmatlar ko'rsatilishini ko'zda tutadi. 1.2. Mazkur Shartnoma maqsadlaridan kelib chiqqan holda jamiyat va foydalanuvchi birgalikda "Taraflar" deb ataladi. 1.3. 1.3. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq, ushbu hujjat ommaviy Oferta bo'lib, uning quyida keltirilgan shartlarini qabul qilgan va Ofertani aktseptlagan shaxs, uning Foydalanuvchisiga aylanadi. 1.4. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq aktsept to'liq va e'tirozsiz bo'lishi lozim. Ofertani olgan shaxs tomonidan uni aktseptlash uchun ko'zda tutilgan, shartnoma shartlarini bajarishga qaratilgan harakatlarning amalga oshirilishi (Uzum Nasiya tizimidan foydalanish, shu jumladan, tizimning o'zaro texnologik va axborot almashinuvini ta'minlaydigan infratuzilmadan, xususan, MyID biometrik identifikasiya tizimi orqali shaxsga doir ma'lumotlarni to'plash va ularga ishlov berish yo'li bilan, tizimning yangi xizmatlari hamda tizim bilan uchinchi shaxslarning qo'shma mahsulotlaridan foydalanish, elektron hamyon ochish, elektron hamyondan foydalangan holda amalga oshirilgan to'lovlarga ishlov berish, ishlarni bajarish, muvofiq summani to'lash va HK.), agar qonunchilikda boshqasi ko'zda tutilgan yoki ofertada ko'rsatilmagan bo'lsa, aktsept deb hisoblanadi. 1.5. Jamiyat va Foydalanuvchi ushbu Shartnomani tuzish va bajarish uchun zarur bo'lgan huquqiy vakolati va muomalaga layoqati borligiga o'zaro kafolat beradilar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling