Umumiy takrorlash
Download 28.44 Kb.
|
UMUMIY TAKRORLASH
UMUMIY TAKRORLASH 1.Men u kishini bunday holatda hech qachon ko’rmagan edim: hamma vaqt yuzida g’urur aks etadigan odam bugun o’zgacha ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Ushbu gapda olmoshning necha turi qo’llangan? A)3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 2.Borligingda borlig’im-la sevgandim, yo’g’ingda xayollarim bo’ldi ermagim. Ushbu gapdagi fonetik hodisalar sonini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 3. .Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l qo’yilgan? A)Do’stlarim orasida asili shu bo’ladi. B)Asl basharangni boshqalar ham ko’rib qo’yishsin. C)Bizda faqat asil molar sotiladi. D)Asl maqsading lahim go’sht olishmidi? 4. Bahor fasli barcha fasllardan yaxshiroqdir. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida noto’g’ri fikrni aniqlang. A)Bog’lama sifat turkumidagi so’zga qo’shilgan. B)Qaratqich kelishigi shakli belgisiz qo’llangan. C)Chiqish kelishigi shakli ,,qiyos” ma’nosini bildirgan. D) Egalik shakli ,,xoslik” ma’nosini bildirgan 5. Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur.(Z.M.Bobur) Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan? A)Tashbeh B)Tazod C)Tajnis D)Tanosub 6. . Berilgan gapda nechta yasama so’z ishtirok etgan? Ikki yasharli o’g’lini shifokor ko’rigiga olib kelgan ekan. A)3ta B)4ta C)5 ta D)2 ta 7. Biz buyuk Vatanning baxtiyor farzandlarimiz. Ushbu gapda nechta munosabat shakli ishtirok etgan? A)1 ta B)2 ta C)3 ta D)4ta 8. O‘z Vataningga muhabbatingni o‘z tilingga muhabbating bilan tasavvur qilasan. Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega ismlar guruhiga mansub sonini aniqlang A) 4 ta B) 5ta C) 6 ta D)3 ta 9. Qaysi qatorda quyidagi gapda qo‘llangan ko‘makchi morfemalar haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Dadam kunduzi g‘o‘zani chopiq qilib juda charchadi. A) 4 ta ko‘makchi morfema sintaktik munosabat ifodalaydi. B) 2 ta ko‘makchi morfema shakldoshlariga ega. C) 4 ta ko‘makchi morfema yangi so‘z yasamaydi. D) 1 ta ko‘makchi morfema yasovchi qismni tashkil etadi. 10. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang.
A)ilmiy-ommabop; 2)aqlli-husnli; 3)uyma-uy; 4)meva-chevali; 5)qishin-yozin; A)1,2,5; B)1,2; C)2,4,5; D)1,3,5;
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. She’riy parchada olmoshlarning necha turi qo’llangan? A)2 B)3 C)4 D)5 13. Quyidagilardan yasalish asosi va yasalma bir so’z turkumi doirasida bo’lmagan yasama so’zlar sonini aniqlang. Itoatkor, tinchlik, notekis, uzviy, g’allakor, oqarmoq, savala, bura A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
Seni desam isiydi ko’nglim, Yuragim sabodek o’ynaydi yengil Munisginam, singlim, so’rog’im, singlim. Berilgan she’riy parchada so’zning ma’nosini tubdan o’zgartiruvchi qo’shimchalar ta’sirida nechta fonetik o’zgarish yuzaga kelgan? A) 9 ta B) 2 ta C) 7 ta D) 5 ta 15. Men o’z tilagimni unga bidirsam. Gapda olmoshlar qaysi kelishik shakllari bilan kelgan? A)bosh, qaratqich, tushum. B)bosh, qaratqich, jo’nalish C)tushum, bosh, qaratqich D)bosh, qaratqich, o’rin-payt 16.Javoblarning qaysi birida –in qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar berilgan? A)chirkin, yog’in B)keskin, otashin C)to’kin, erkin D)tiqin, yig’in 17. Tashbeh va talmeh san’ati birga qo’llangan gapni toping? A)Ey gul hur-u pari bandayi joni Toldek bo’ying ozodi erur sarvi ravoni B)Layli, Layli debon chekib un C)Bo’ri o’lg’o-yu qo’y ting’oy chu Musodek shubon keldi D)Maoni ichra shohim, qil yarasan Ajunida har ne qilsang qil yurasan 18.,,Qush kelib daraxtga qo’ndi” ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan? A)metafora B)metonimiya C)ma’no ko’chish yo’q D)sinekdoxa 19. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen, Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen, Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun Ushbu she’riy parchada ,,ichi bo’sh” so’zlar necha marta ishtirok etgan? A) 4 B) 5 C)6 D) 7 20. Qo’sh undoshlardan biri tushirilganda ma’no o’zgaradigan so’zlar berilgan qatorni toping? A)ellar, sodda B)himmat, quvvat C)illat, yellar D)ikki, quvvat 21. Do’stlikni e’zozlashning zarur shartlaridan biri do’stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug’ilgan kunlar, to’ylar bilan bir qatorda, do’stona yig’inlar ham bu munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir. Berilgan parchada nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan? A) 4 B) 6 C) 5 D) 7 22. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapdagi mustaqil so‘zlar sonini aniqlang. A) 9 B) 7 C) 8 D) 6 23. Berilgan qaysi so'zlar qatorida ikkinchi ko'makchi morfema sifat so'z turkumini hosil qilishga xizmat qilgan? A) insonparvarlik, qiynoq, ko'nikma B) mehmondorchilik, maqtanchoq, issiqlik C) yog'ingarchilik, yig'loqi, qo'rqinchli D) o'ynoqi, bilimdonlik, tortinchoqlik 24. Berilgan so'zlardan qaysilari qismlaridan biri omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan, bir xil so'z turkumi kompozitsiyasidan hosil qilingan qo'shma otlar hisoblanadi? 1) gulbeor; 2) atrigul; 3) toshbag'ir; 4) qo'yko'z; 5) belbog'; 6) bodomqovoq; 7) laylakqor A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 5, 7 D) 1, 2, 6, 7 25. Quyida berilganlardan qaysilari she‟riyatning “raqs qo‟shig‟i ma’nosini anglatuvchi janrida yozilgan? 1) “Mardlik afsonasi” (Shuhrat); 2) “Mardlik cho‟qqisi”(A.Muxtor); 3)”Uch qiz afsonasi” (Shuhrat); 4) “Qullar kemasi” (H.Hayne); 5) “Samarqand afsonasi” (T.To‟la) A) 3, 4 ,5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4 26. . Nuqtalar o'rniga faqat tushum kelishigi qo'llaniladigan gapni belgilang. A) Ko'p til… bilmoqlik… foydasi katta, u inson…katta boyligi hisoblanadi. B) Mamlakat… kichik bir qismi bo'lgan oila… tinchligi… asraylik. C) Qirq yil umri… sarf qilib, yulduzlar siri…, koinot siri… o'rgandi-yu, zamin siriga, insonlar hayotiga kelganda g'aflatda qoldi. D) Yo'lchi arava… nimasi shikastlangani… payqamay hayron bo'lib turar ekan, arava… tagidan dehqon… ayanchli tovushi eshitildi 27. Qaysi gapda olmoshning to‘rt turi qatnashgan? A) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafas hech qachon bo’g’ilmaydi B) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. C) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. D) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. 28. Dala yuzin qoplar chechak, gul Kulib chiqar yorib yer tagin. Tinmay esar har tomonga yel Qo’ymay sochar o’rikning gulin Ushbu she’riy parchada kelishik qo’shimchalari qay tarzda qo’llanilgan? A) 3 ta belgili, 1 ta belgisiz B) 2 ta belgili, 2 ta belgisiz C) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz D) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz 29. . Quyidagi so'zlardan nechtasida nuqtalar o'rniga faqat bo'g'iz undoshi yoziladi? …oyna …oy, …ar…asha, …ardam…ayol, …asharot…o'r, …ay…ot, sha…ansho…, …ush…ulq A) 2 tasida B) 3 tasida C) 4 tasida D) 5 tasida 30. Quyida keltirilgan she’riy parchada qaysi kelishik belgisiz qo’llangan? Har navda bir gulda, har gulda bir ro’y, Har daraxt bargi bir dunyo hikoya. Har birin hosili o’zgasiga ko’rk, Bir-biri uchun qudrat, himoya. A)jo’nalish kelishigi B)o’rin-payt kelishigi C) qaratqich kelishigi D) tushum kelishigi 31. Qaysi gapda faqat sirg’aluvchi undoshlardan iborat, fonetik hodisaga uchragan - so’z keltirilgan? A)Birikkan kuch – kuch, birikmagan kuch-puch. B)Shirali dasturxonga pashsha ko’p yopishadi. C)Ona o’g’li haqidagi gaplarga ishonmadi. D)Ota o’z o’g’liga shunday tarbiya berganidan g’ururlanib ketdi. 32. Son turkumiga oid so‘z otlashgan gaplarni aniqlang. 1. To‘qqizida bo‘lmagan aql to‘qsonida ham bo‘lmas. 2. Ikki yomon qo‘shilsa, keng dunyoga sig‘maydi. 3. Mingta shirin nasihatdan bitta o‘rnak yaxshi. 4. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) l, 2, 3 D) 1, 4 33. Ham otlashgan, ham fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘z qatnashgan qatorni toping. A) Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi. B) Ikkalasi ham shahrimizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib lol qolishdi. C) So‘z bila o‘ynaydiganlardan yuragim bezillaydi. D) To‘pidan ayrilganni bo‘ri yer. 34. Qaysi gapda bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan? A) Hech vaqt ayol qalbini og‘ritmang. B) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. C) Berilgan gaplarning barchasida bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan. D) Hech bandaning boshiga farzand dog‘ini solmasin ekan. 35. Qaysi gapda tushum kelishidagi ot belgisiz qo’llangan? A) Cho’l qovunlari shirin bo’ladi. B) Hech qachon o’zing qilishing mumkin bo’lgan ishni birovga yuklama. C) Har fasl o’z ishini bilsin. D) Bir kishi ariq qaziydi 36. Qaysi gapda tushum kelishidagi ot belgisiz qo’llangan? A) Cho’l qovunlari shirin bo’ladi. B) Hech qachon o’zing qilishing mumkin bo’lgan ishni birovga yuklama. C) Har fasl o’z ishini bilsin. 37. Navoiyning tarjimasini aniqlang? A) "Nasr ul-laoliy" B) "Maxzan ul-asror" C) "Haft paykar" D) "Matla un-anvor" 38. Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko'kaldosh, keyinchalik xonlik markazi bo'lmish Xivadagi Sherg'ozi madrasalarida o'qishini davom ettirgan shoir? A) Zunubiy B) Maxtumquli C) Ma'rufiy D) Ozodiy 39. Qaysi ijodkorning she'rlarini qo'shiq qilib aytish o'zining zamonasidayoq rasm bo'lgan edi? A) Maxtumquli B) Abay C) Navoiy D) Zavqiy 40. Ilohiy ishqdan mast bo'lgan darvesh? A) Atoiy B) Mashrab C) Devona D) Maxmur Download 28.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling