“Umumiy tarix” kafedrasi
Tadqiqotning maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ozbekistonda sanoat sohasida islohotlar ozgarishlar natijalari va istiqboli navoiy viloyati misolida.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. O‘rganilayotgan masalaning
dolzarbligi va tadqiqot mavzusining tahlil etilmaganligini hisobga olgan holda 1991-2010 yillarda Navoiy viloyatidagi viloyatlarda sanoat sohasidagi o‘zgarishlarni tahlil etish va to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarishida bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida olib borilgan keng ko‘lamdagi islohotlar va bu islohotlarning samarasi ularoq, Respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini tarixiy jihatdan ilmiy yoritishni tadqiqot ob’ekti qilib oldik. Mustaqillik yillarida jamiyatimiz iqtisodiy sohasida ro‘y bergan tub islohotlar va buning natijasida bozorga xos qaror topib borayotgan Navoiy viloyati sanoat korxonalarida yuz berayotgan o‘zgarishlarni arxiv materiallari, viloyatlar statistika boshqarmalari hamda mahalliy hokimliklarning arxivlaridagi ma’lumotlari asosida o‘rganish va tahlil qilish, ko‘zlangan umumiy maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi. Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarishida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini u yerda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlarining, Oliy Majlis chiqargan qonunlar ijrosini, iqtisodiy yo‘naltirilgan barqaror bozor munosabatlarining vohaga xos xususiyatlarini ochib berish; 1 Odinayeva Z. Qizilqum sahrosida bahor(ilmiy-ommabop nashr). Т.: “Muharrir” nashriyoti, 2008 yil. 2 Qarshiyev R.M. Navoiy shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti: tajribalar va muammolar (1958-1990 yillar). Тarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. – Andijon, 1996. – 24 b. 3 Sattorov U. Navoiy viloyati. – Тoshkent: Yangi asr avlodi, 2004. – 83 b. 8 Sovetlar hukmronligining so‘nggi yillarida Navoiy viloyati sanoatining ahvoli; - Mustaqillik sharoitida Navoiy viloyati sanoatining yangidan shakllantirilishi; - Bozor iqtisodiyoti sharoitida Navoiy viloyati sanoatiga xorijiy investitsiyalarining kiritilishi; Navoiy viloyati sanoat korxonalari qurilishida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilgan ishlar; Navoiy viloyati sanoat mahsulotlari va halq iste’moli mollari ishlab chiqarishining rivojlanish bosqichlari; Navoiy viloyati sanoat mahsuloti sifatining yaxshilanishi va eksport salohiyatining ko‘tarilishi; Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarishida yuz berayotgan yangilanish jarayonini ilmiy tahlil etish; Vohada olib borilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati, sanoat sohasidagi amalga oshiralayotgan tadbirlar samarasini, shuningdek amalga oshirilgan ishlarda yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklarni qiyosiy taqqoslash asosida ilmiy tadqiq etish; Navoiy viloyati sanoatining o‘sish sur’atlarini o‘rganish va ularga xolisona baho berish, bu boradagi yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatish; Tadqiqot natijalari va ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish, baholash asosida mustaqilligimizning hozirgi bosqichida mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyatni ko‘zda tutib, uni yanada teranroq o‘rganish, hayotga tadbiq etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar, xulosalar berish. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling